“Bilayn” – AKT InfoCom 2012 Hafatligi hamda X Milliy AKT Sammitning Bosh hamiysi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) InfoCom 2012 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi va X yillik Milliy AKT Sammitining Bosh homiysi bo‘ldi. Tadbir tashkilotchilari – Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish ashentligi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari uyushmasi hamda CIB GROUP kompaniyasi.

25 sentabr kuni Tokshentda o‘tkaziladigan 2012 AKT Sammiti dasturida 4 ta mavzuli yo‘nalish mavjud: “Davlat sektorida AKT”, “Texnologiyalar, ishlanmalar va yechimlar”, “Internet va axborot resurslari”, shuningdek “Axborot-kutubxona texnologiyalari”. Sammit ishida O‘zbekiston va boshqa davlatlardan 500 dan ortiq delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda.

“Kompaniyamiz AKT Haftaligini birinchi bor qo‘llab-quvvatlashi emas va biz keng ko‘lamda o‘tkazilishi kutilayotgan AKT yubiley Sammitining homiysi bo‘lish imkoniyatidan xursandmiz, – voqeani sharhlaydi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – “Bilayn” telekom-bozorning innovatsion yetakchisi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi, shuning uchun biz ishtirokchi huquqlari asosida dasturda ham faol ishtirok etamiz”.

Eslatib o‘tamiz, AKT Sammit AKT sohasida yilning eng muhim voqealaridan biri hisoblanadi, unda har yil turli davlatlardan sektorning aloqa, hamkorlik o‘rnatishdan, oxirgi muvaffaqiyatlarni muhokama etishdan va soha rivojining dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashishdan manfaatdor bo‘lgan asosiy ishtirokchilari to‘planadi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha Sammit tavsiyalari va Rezolyutsiyasi qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot www.ictsummit.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system