“Aloqada bo‘l!” aloqa va telekommunikatsiya sohasi to‘g‘risidagi eng yaxshi jurnalistik material tanlovi
27.08.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

“Bilayn” “Aloqada bo‘l!” aloqa va telekommunikatsiya sohasi to‘g‘risidagi eng yaxshi jurnalistik material tanlovida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilishni boshlanganligini e’lon qiladi.

Tanlov infoCOM.UZ jurnali tahririyati ko‘magida o‘tkaziladi. Arizalarni qabul qilish 2012 yil 30 noyabrga qadar davom etadi. Tanlov o‘tkazilishining asosiy maqsadi respublika va viloyat OAV e’tiborini telekom soha, innovatsion yechimlar hamda yangi mahsulotlarga jalb etishdir. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga javob beruvchi OAV jurnalistlari ishtirok etishlari mumkin.

2012 yil 1 sentabrdan 30 noyabrga qadar (shu kun ham kirgan holda) nashr qilingan yoki efirga chiqarilgan istalgan janrdagi mualliflik materillari ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun pr@beeline.uz elektron manziliga muallif FISH va uning taxalluslari, ish joyi, kontakt telefonlari ko‘rsatilgan, tanlov materilalari ilova qilingan arizani jo‘natish lozim. Har bir tanlov ishi uchun alohida ariza rasmiylashtirilshi kerak. Bosma nashrlar skan-versiya yoki vyorstka ko‘rinishida PDF shaklida taqdim etiladi; axborot saytlaridan olingan materiallar nashrga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishoralar va JPEG shaklidagi skrinshotlar ko‘rinishida taqdim etiladi; radio ishlar MP3 shaklida taqdim etiladi; televizion ishlar MPEG shaklida fayl ko‘rinishida taqdim etiladi; foto ishlar JPEG va TIFF shaklida taqdim etiladi.

Tanlov g‘oliblari diplomlar va quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:
I o‘rin – Samsung GALAXY Tab 2 plansheti
II o‘rin – Samsung GALAXY S III smartfoni
III o‘rin – Samsung GALAXY S II smartfoni

Materiallarga ekspert bahosini berish uchun “Aloqada bo‘l!” tanlovi tashkilotchilari jyurini shakllantiradilar. Tanlov ishlari jyuri tomonidan quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
• nashrlar soni va sifati (formulirovkalar, raqamlar, faktlarning aniqligi);
• mavzuning dolzarbligi va ahamiyatliligi;
• materialning to‘liq ochib berilganligi;
• bayon tilining ma’nodorliligi, aniqligi va tushunarliligi;
• materialning yangiligi va uni ifoda etishningo‘ziga xosligi;
• aloqa sohasi mavzusini bayon etishda professionalizm va publistik mahorat.

“Aloqada bo‘l!” tanlovi yakunlari 2012 yil dekabrda sarhisob qilinadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq