1 raqamli rouming-operator kengayishda davom etmoqda
23.08.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) GPRS-rouming geografiyasining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Rogers (Kanada), Vivo (Braziliya), CV Omnitel (Litva), Vip (Xorvatiya), Orange (Iordaniya va Ruminiya), Movel (Kabo-Verde) va Essar Telecom (Keniya) kompaniyalari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnomalar imzolandi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitel MCHJ Texnik direktori Denis Kotlyarenko quyidagilarni qayd qildi: “Yoz – faol safarlar fasli, biroq hatto ta’tilda odamlar nafaqat aloqada qolishni, balki global Tarmoqqa kirishni ham istaydilar. “Bilayn” abonentlariga bu kabi imkoniyat dunyoning ko‘plab davlatlarida taqdim etilgan va ularning soni faqat o‘sib bormoqda”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq