Charrington English Pub & Restaurant – Beeline Club bonusli dasturining yangi ishtirokchisi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Charrington English Pub & Restaurant Beeline Club hamkorlik tarmog‘iga qo‘shilganligi haqida xabar beradi. Gold va Platinum imtiyozli kartalari mijozlarga tegishli ravishda 10% va 20% chegirmalarni kafolatlaydi.

“Poytaxtda Beeline Club hamkorlarining soni allaqachon yuztadan oshdi va biz Charrington English Pub & Restaurant endilikda ularning orasida ekanligidan xursandmiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Bugun chegirmalar taqdim etuvchi klub kartasini qo‘lga kiritish yanada osonroq: buning uchun STATUS-Gold va STATUS-Platinum tariflariga ulanishning o‘zi kifoya”.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system