Endilikda Samsung GALAXY S III butun O‘zbekiston bo‘ylab “Bilayn” ofislarida sotilmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) O‘zbekistonning operatorlaridan birinchi bo‘lib butun O‘zbekiston hududida Samsung GALAXY S III uchinchi avlod smartfonlarining rasmiy savdosini boshladi. Endilikda uni kompaniyaning barcha o‘z ofislarida xarid qilish mumkin. Samsung GALAXY S III bahosi – jsimoniy shaxslar uchun 2 200 000 so‘m va $970 – korporativ mijozlar uchun, to‘lov shaklidan qat’iy nazar.

“GALAXY S III “Bilayn”ning Toshkent salonlarida sotila boshlanganidan beri bizga poytaxt hududidan chekkada xarid qilishga imkon yaratishni so‘rab, ko‘plab arizalar kelib tushgan, – voqeani sharhlaydi Unitelning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Abay Kolanov. – Biz ushbu modelning keng distributsiyasini ta’minladik va endi Samsung flagmanli smartfoni kompaniyamiz bonsulari bilan barcha viloyatlar aholisiga sotiladi”.

4,8 dyuym diagonalli HD Super AMOLED ekranga ega bejirim va innovatsion smartfon kontentni maksimal qulay tarzda ko‘rib chiqish imkonini beradi. Samsung GALAXY S III foydalanuvchilarga shasxni aniqlash texnologiyasi bilan bog‘liq turli intellektual vazifalar va opsiyalarni taklif qiluvchi, oddiy va tez sur’atga olishni kafolatlaydigan ikkita kamera bilan jihozlangan (8 Mpiksli asosiy va yuza paneldagi 1,9 Mpiksli qo’shimcha). Smartfon foydalanish qulayligi darjasi ancha yuqori bo‘lgan Android 4.0 Ice Cream Sandwich platformasida ishlaydi. Intuitiv texnologiyalar bilan jihozlangan Samsung GALAXY S III smartfoni foydalanuvchini noyob mobil imkoniyatlar bilan t’aminlaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn” mijozlari Samsung GALAXY S IIIni xarid qilib, smartfon bilan bir to‘plamda $300 nominalli oltin raqam va Beeline Club dan platinali imtiyozli kartasini qo‘lga kiritadilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system