Hissiyotlar faktlardan ustun kelganida
17.08.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Texnik asr kutilmagan tasodif va kutilmagan yangiliklarga boy. Har bir kun bizga ilmiy laboratoriyalar va yirik korporatsiyalarning tadqiqot markazlaridan tez va muhim tarzda hayotimizni tubdan o‘zgartirishga va yanada qulay qilishga qaratilgan yangi texnologik ishlanmalarning paydo bo‘lishini bashorat qiluvchi yangiliklarni keltirmoqda.

Odamlarga bu kabi innovatsiyalarning barchasi tushunarli emas. Oxirgi paytlarda telekommunikatsion kompaniyalarning texnik xizmatlari tez-tez aholining ularning yashash joylarida mobil aloqasining asosiy stansiyalari o‘rnatilishi bilan bog‘liq noroziligiga duch kelmoqda. Bu kabi stansiyalarning ishlash prinsipini bilmay turib, ko‘plab odamlar uning ekologiya va sog‘liq uchun zarariga ishonadilar. Bunga sabab bor.

XX asr boshida odamlarni elektr lampalari va simli telefon aloqasidan foydalanilganda sog‘liqqa ta’sir qiluvchi ehtimolli salbiy oqibatlar bezovta qilgan. Biroq, hech qanday salbiy effektlar aniqlanmagan va ko‘rib turganimizdek, ushbu texnologiyalar insonning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylangan. Yangi texnologiyalarni tushunish va to‘g‘ri qabul qilish ko‘p hollarda aholining eng bezovta bo‘lgan qismi undan foydalanishning risklari va foydasini fahmlashiga ko‘p bog‘liqligi tushunarli hol. Jamiyat ko‘pincha yashirin xavfni bilmaslik va his qilishi sababli qarshilik ko‘rsatadi.

Keyingi o‘n yillikda odamlarga radiochastotali uskunalar signallarining ta’siri oqibatini o‘rganish bo‘yicha bir necha yuz minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan, shuning uchun ko‘p material to‘plangan. Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti keyingi paytlarda o‘tkazilgan ekspertizalarning bittasi ham mobil telefonlari yoki asosiy stansiyalar hosil qilayotgan radichastotali maydonlar inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniq tasdiqlagani yo‘q. BSST rahbariyatida nashr qilingan “Elektrmagnit maydonlardan risklar to‘g‘risida muloqot tuzish”da ekspertlar xulosasi bir xil: “Ayni paytda mavjud ilmiy ma’lumotlar past intensivli maydonlar ta’siri (mobil telefonlari va ularning asosiy stansiyalari) inson salomatligi uchun salbiy oqibatlarga olib kelmaydi”.

O‘zbekistonda asosiy stansiyalar faoliyatini nazorat qilish bilan bog‘liq ishlar qay holatda ekanligini biz mutaxassis – “Ucell” texnik direktori Saita Eryilmazdan bilib olishga qaror qildik.

– Asosiy stansiya yoki raqamli radioreleyli aloqa liniyasi xavfsizligidan darak beruvchi asosiy hujjat – bu Davlat epidemiologik nazorati markazi (DENM) yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan bevosita obyektlardagi o‘lchovlar asosida taqdim etiladigan “Radiotexnik obyektning sanitar pasporti”, – deydi Sait Eryilmaz. – Sanitar pasportning muddati yo‘q va obyekt rekonstruksiya qilinguniga qadar amal qiladi, ya’ni uning texnik parametrlari o‘zgarguncha. Bundan tashqari, obyektning xavfsizligi har yili DENM inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan o‘lchov protokollari bilan tasdiqlanadi. Hozirda obyektlarimizning ekspluatatsiyasi bilan pudratchi tashkilotlar shug‘ullanmoqda va ularning o‘zi har yili sanitar o‘lchovlarni, shuningdek elektruskuna, elektr simlar va kabellarning yillik sinovlari o‘tkazmoqda.

O‘rnatilayotgan stansiyalar parametrlari qanchalik puxtalik bilan tekshirilayotganligini boshqa faktlar qatorida bu kabi obyektning qurilish loyihasi nafaqat DENM, balki boshqa vakolatli davlat organlari bilan kelishilishi zarurligi fakti tasdiqlaydi. Faqatgina loyihaviy obyektning xavfsizligi isbotlanganidan so‘ng Elektromagnit moslashuv markazi uning o‘rnatilishi uchun ruxsat beradi.

Ko‘p hollarda o‘rnatilgan asosiy stansiyalar yaqinida yashovchi aholi go‘yoki stansiyadan tarqaluvchi qandaydir radioaktiv nurlanishdan shikoyat qiladilar. Biroq uyali aloqaning radiotexnik obyektlari radioaktiv emas, ular faqatgina pastintensivli elektromagnit nurlanishning manbalari hisoblanadi.

– Mamlakatmiz uchun o‘rnatilgan sanitar qoida va me’yorlar (xususan, SanPiN №0096-00 “Radiotexnik obyektlar tashkil qilayotgan eltekromagnit maydonlar ta’siridan aholini himoya qilish me’yorlari va qoidalari”), elektromagnit nurlanishning ruxsat berilgan ko‘rsatkichlari qismida Rossiyadagi xuddi shu me’yorlardan 10 marotaba va Yevpropaga nisbatan 100 barobar qat’iy, – qayd qiladi Sait Eryilmaz. – Bu mamlakatimizda insonlar sog‘lig‘iga qanday e’tibor qaratilayotganligini yaqqol ko‘rsatadi.

Ekspert, shuningdek “Ucell”dagilar ushbu muammo bilan yaxshi tanish ekanligini va aholini xabardor qilishga yo‘naltirilgan choralarni ko‘rayotganligi xabar qildi. Bundan tashqari, ta’qiqlar yo‘qligiga qaramay, kompaniya bolalar muassalarida, maktablarda, bolalar bog‘chalarida, bolalar kasalxonalarida asosiy satnsiyalarni o‘rnatmagan, aholi istiqomat qiluvchi binolarda esa radiotexnik obyektlar SHNK 2.08.01-05 “Turar joy binolari” me‘yorlariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Butun respublika bo‘ylab yangi stansiyalarning o‘rnatilishi aholini sifatli aloqa bilan qamrab olish zonasini kengaytirish uchun zarur. Har bir uyali aloqa operatorida tarmoqni rivojlantirish rejasi mavjud, u tutashgan hududlardagi aloqaning zarur sifatini ta’minlovchi yangi stansiyalarni va priyomoperedatchiklarni ishga tushirishni ko‘zlaydi.

– Yangi radiotexnik obyektlarni loyihalashtirish va qurish aniq me’yorlarga asoslanadi, – davom ettirdi S.Eryilmaz. – Masalan, bir paytning o‘zida o‘ta yuklanishsiz muloqot qila oladigan abonentlar soni bitta peredatchikka 16 kishini tashkil qilishi ma’lum. Asosiy stansiyadagi peredatchiklar soni uning konfiguratsiyasidan kelib chiqqan holda ayni paytda maksimal 18 peredatchikni, bitta sektorga 6 peredatchikni tashkil qiladi. Shunday qilib, bitta bu kabi asosiy stansiya bir paytning o‘zida 288 kishiga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Aholi zichligidan kelib chiqib, ma’lum rayon yoki aholi punktlariga zarur bo‘lgan asosiy stansiyalar soni hisoblanadi.

Mamlakatda telekommunikatsiya sektorini rivojlantirishning ijtimoiy ahamiyati haqida hech kim shubha qilmasligi kerak. Aloqa hozirda ilgari kelajakda faqat uylarda telefonlar paydo bo‘lishiga umid qilingan, mobil Internet haqida orzu ham qilinmagan joylarga yetib borgan. Endilikda bu kabi orzular reallikka aylanmoqda.

O‘z sog‘lig‘i hamda yaqin kishilarining farovonligi haqida qayg‘uradiganlar uchun esa mobil aloqaning navbatdagi stansiyasini ko‘rganda biz yana bir bor mavjud ilmiy ma’lumotlar va nazorat tizimi uyali aloqaning asosiy stasiyalarini eng ekologik va sanitar-gigiyenik xavfsiz aloqa tizimlari safiga kiritishga imkon berishini tasdiqlovchi mutaxassislar fikrini dalil qilib keltiramiz.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq