“Bilayn” Bosh direktori: “Keng ko‘lamli investitsiyalar to‘g‘ri yechim bo‘lgan”
16.08.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

15 avgust kuni “VimpelKom Ltd” – dunyodagi oltinchi telekommunikatsiya xizmatlari provayderi – II chorakdagi faoliyati to‘g‘risida hisobot berdi.

Prognoz qilinganidek, O‘zbekistonda “Bilayn” barqaror o‘sishda davom etdi, bu kki xonali, hatto uch xonali o‘sishda namoyon bo‘ldi. Biroq mamlaktimiz bozoridagi vaziyat shunday-ki, ham tahlilchilar, ham millionlab abonentlar birinchi navbatda kompaniyaning hozirgi holati bilan qiziqmoqda. Ishlarning joriy holati to‘g‘risida biz Unitel MCHJ bosh direktori Andrey Safronyukka murojaat qildik.

– Andrey Vladislavovich, “Bilayn” yana bir bor o‘zining aprel-iyundagi faoliyati bilan keyingi yarim yillik trendini tasdiqladi. Biroq bugun barcha bu kompaniya va uning mijozlariga yangi sharoitlarda qay yo‘sinda yordam berayotganligidan xabardor bo‘lmoqchi.
– Bu tushunarli hol va men mutlaqo aniq ayta olamanki, birinchi yarim yillikda aynan to‘g‘ri harakatlar bugun o‘sgan nagruzkalarning uddasidan chiqish imkonini beradi. Oddiy misol: yanvardan iyungacha kapital xarajatlarimiz qariyb 75 million dollarni tashkil qildi: biz ham asosiy segmentda, ham 3G da jiddiy ravishda tarmog‘imizni kengaytirdik. Shunday ekan, kompaniya investitsiyalari bu bilan cheklanmaydi, biroq agar 219 million dollar miqdoridagi o‘tgan yilgi kiritmalar hisobga olinadigan bo‘lsa, bunday raqam ham taassurot qildiradi. Aynan o‘shanda bugun yangi abonentlarning mislsiz oqimini ushlab turgan asos yaratilgan edi.

– Shunday bo‘lsa-da, qurilish davom etadimi?
– U yakunlangani ham yo‘q, biroq Siz haqsiz: yilning ikkinchi yarmida tarmoqning kengaytirilishi orqada qoldiruvchi sur’atlarda boradi, chunki bosh maqsadimiz- “Bilayn” abonentlariga odatiy bo‘lgan xizmatlar sifatiga qaytish. Yaqin rejalarimizda O‘zbekiston aholisining 95% ini GSM tarmog‘i bilan qamrab olish. Bunda 3G texnologiyasidan mamlakatning qariyb 52% aholisida foydalanish imkoni bo‘lishi kerak.

– Siz aloqaning odatiy sifati haqida aytib o‘tdingiz. Batafsilroq gapirib bera olmaysizmi? Masalan, uyali aloqa taraqqiyoti uzoq tarixga ega rivojlangan mamlakatlarda qo‘ng‘iroq qilib tusha olmaslik ko‘rsatkichi — Block rate — 2% dan oshmaydi, deb qabul qilingan. Bizda vaziyat qanday?
– Bilishimcha, O‘zbekistonda mobil aloqa 1991 yilda paydo bo‘lgan va ishoning: bu mamlakatimizni qaysidir “ko‘proq rivojlangan” yoki “yanada ilg‘or” davlat bilan taqqoslamaslik uchun tamoman yetarli. Buning ustiga, bu yerda aynan o‘sha xalqaro operatorlar faoliyat olib bormoqda va men Yevropa yoki Shimoliy Amerikada “VimpelKom” kompaniyalarida qabul qilingan standartlardan farqlanuvchilarni qo‘llashga asos ko‘rmayapman. Keling, raqamlarda ko‘ramiz: O‘zbekistonda “Bilayn” Block rate o‘rta ko‘rsatkichi birinchi yarim yillikda 1,8% ni, ya’ni Siz aytib o‘tgan 2% dan kamroqni tashkil qildi. Afsuski, keyingi oyda u deyarli 4% ga qadar o‘sdi va hozirda texnik direksiyamizning sa’y-harakatlari vaziyatni to‘g‘rilashga yo‘naltirilgan.

– Uzilgan qo‘ng‘iroqlar koeffitsienti haqida nima deya olasiz?
– Keyngi oyda u 1% dan oshdi va bu, shubhasiz, normativimizdan baland.

– Demak, “VimpelKom” standartlari u mavjud bo‘lgan barcha mamlakatlar uchun yagona?
– Unchalik emas: qator yo‘nalishlar bo‘yicha biz yevropalik va rossiyalik hamkasblarimizdan o‘zib ketganmiz. Aslida bu mahalliy qonunchilikka ham bog‘liq: masalan, O‘zbekistonda asosiy stansiyalarning nurlanishiga talablar kuchliroq, ular kvadrat santimetr uchun 2,5 mkVt dan oshmasligi kerak. Yevropada esa ushbu ko‘rsatkich 70-80 mkVt diapazonda o‘zgarib turadi, Rossiya bo‘yicha o‘rtacha 10 mkVt ni tashkil qiladi. Juda qat’iy me’yor, biroq biz bunga tushungan holda yondashamiz.

– Yaqinda “Bilayn” tashqi internet-kanal rekord ko‘rsatkich — 1 Gbit/s gacha kengaytirilishi haqida e’lon qildi. Ushbu kanalga bo‘lgan real nagruzka qanday?
– Hamma gap xalqaro kanal sig‘imini imkon qadar oshirayotganimizda. Hozir biz 1 Gbit/s – optimal kattalik ekanini ko‘rmoqdamiz, bunga eng katta nagruzka paytida erishiladi. Nagruzka o‘ssa – navbatdagi kengaytirishni amalga oshiramiz.

– 1 Gbit/s – bu mobil Internet kanalimi yoki Buzton simli servislari hisobga olinganmi?
– Mazkur holatda biz mobil segment haqida gapirmoqdamiz. Qo‘zg‘almas Internet mijozlari uchun alohida kanal — qariyb 200 Mbit/s yo‘lga qo‘yilgan.

– “Bilayn” texnik mutaxassislari drayv-testlar o‘tkazadimi?
– Bu oddiy amaliyot: hech bir operator monitoringsiz va tarmoq faoliyatining turli ko‘rsatkichlarini joydan chiqib turib o‘lchashlarsiz kifoyalanmaydi.

Kompaniyamiz – butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab jurnalsitalr bilan birgalikda qo‘shma drayv-testlar o‘tkazgan yagona tashkilot ekanligini qady qilishim mumkin.

– Ushbu drayv-testlar doirasida GSM-operatorlarining qiyosiy tahlili o‘tkaziladimi?
– Albatta.

– Natijalar haqida aytib bera olasizmi?
– Keling men drayv-testga izoh beraman: bu tamroq parametrlarini o‘lchash va ularni “shu yerda va hozir” rejimida belgilash. Uning natijalaridan foydalanish – lahzalik vazifa emas va birinchi navbatda har bir ma’lum pozitsiya bo‘yicha vaziyatni dinamikada tushunib olish uchun muhim. Biroq, agar Siz yakunlarni juda ham bilishni istasangiz, qisqa qilib aytishim mumkin: “Bilayn” ko‘rsatkichlari yomon emas.

– Tarmoqni barqarorlashtirish uchun qanday choralar ko‘rilmoqda?
– Umuman olganda, barcha harakatlar haqida biz tezkorlik bilan OAV va ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishga harakat qilamiz, biroq ma’lum oraliq yakun sarhisob qilinsa, u holda biz asosiy stansiyalarning apgreydini o‘tkazdik, bu ularning sig‘imini jiddiy oshirdi. Kommutatsion uskuna kuchaytirildi, chunki nagruzkalarning ilk kunlarida ular nafaqat radiotarmoq, balki kommutatorlar uchun ham kritik holatda edi. O‘z-o‘zidan abonent bazasining o‘sishi hisobiga operatorlararo kanallar jiddiy kengaytirildi, shuningdek billing tizimining resurslari maqbullashtirildi.

– Abonentlarni yaqin istiqbolda nimalar kutmoqda?
– Tarmoq faoliyatining yaxshilanuvi. Eng qiyin kunlar ortda qoldi, faoliyat asta-sekin normal rejimga kirmoqda va tez kunda uning natijalarini barcha his qiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq