“Bilayn” ko‘rsatkichlarning ikki xonali o‘sishini namoyish qilib, O‘zbekistonda investitsiyalarni oshirishda davom etmoqda
15.08.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

2012 yil 15 avgust kuni telekommunikatsiya xizmatlarining yetakchi xalqaro provayderlaridan biri “VimpelKom Ltd.” (“Bilayn” savdo belgisi) II chorak uchun o‘zining moliyaviy va operatsion natijalarni e’lon qildi.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi sof operatsion daromadi mobil ma’lumotlar yetkazish xizmatlarining yildan-yilga 121% o‘sishi hisobiga 2011 yilning ikkinchi choragiga nisbatan (66 mln. dollardan) 35% o‘sib, 89 mln. AQSH dollarini tashkil qildi.

O‘zbekistonda EBITDA (asosiy mablag‘larning eskirishi, nomoddiy aktivlar va aktivlarning qadrsizlanishi oqibatida ko‘rilgan zarar amortizatsiyasi) yil davomida 61% o‘sdi ($28 mln. dan $45 mln. gacha). Bunda operatsiyalar marjinalligi 7,7 foizli punktga 50,6% ga qadar oshdi.

Abonent bazasi yildan yilga 31% barqaror o‘sishda davom etdi, mobil internet foydalanuvchilarining soni rekord ko‘rsatkich — 53% ni tashkil qildi. Shunday qilib, ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda “Bilayn” mobil aloqasi abonentlarining soni 7 031 000 kishini tashkil qildi. Bitta mobil aloqa operatorining oy davomidagi o‘rtacha hisobi (ARPU ko‘rsatkichi) 4% darajasida saqlanib qolindi. MOU ko‘rsatkichi (bir oyda har bir abonent foydalangan daqiqalar soni) uch oy mobaynida 15% o‘sdi (yanvar-martdagi 376 daqiqaga nisbatan 433 daqiqa).

“VimpelKom”ning II chorakdagi birlashgan daromadi 5,7 milliard AQSH dollariga yetdi, o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 4% o‘sdi. EIBDA 2,5 milliard AQSH dollari miqdorida belgilandi, EBITDA birlashgan marjasi esa 43,2%ni tashkil etdi.

“Ikkinchi chorak kompaniya uchun juda unumli bo‘ldi: biz nafaqat bozordagi pozitsiyalarimizni mustahkamlashga, biroq operatsion faoliyat samaradorligi dasturini muvaffaqiyatli joriy qilishga ham erishdik. Shubhasiz, bu “Bilayn”ga O‘zbekistonda kelajakda ham investitsiyalarini oshirishga ko‘maklashadi, buning ustiga vaziyat shuni talab qilmoqda. Shunday bo‘lsa-da bizning apreldan iyunga qadar biznesga kiritmalarimiz yuqori darajada saqlandi: faqatgina kapital xarajatlarning o’zi 36 million dollardan oshdi, bu iyul va avgustda tarmoqqa bo‘lgan mislsiz nagruzkalarni ushlab turish imkonini berdi, – chorak yakunlarini sharhlaydi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq