“Ucell” mutaxassislari sutkasiga 24 soat davomida monitoring olib bormoqdalar
13.08.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Keyingi kunlarda O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari zimmasiga odatiy bo‘lmagan katta yumush yuklandi. Mutaxassilar bu kabi ish hajmining qay tarzda uddasidan chiqayotganligi haqida bizga “Ucell” texnik direktori Sait Eryilmaz so‘zlab berdi.

— Uyali aloqa kompaniyasi abonenti uchun eng katta ko‘ngilsizlik aloqa yo‘qligi yoki kerakli odamga qo‘ng‘iroq qilib, tushib bo‘lmaslikdan iborat. Abonentga ulanib bo‘lmaslikning asosiy sababi nimada?
— Abonentga ulanib bo‘lmaslik – mobil aloqa dunyosida tez uchraydigan holat. Bu yerda darhol uning sabablarini aniq farqlash lozim. Abonent signal qiyinlik bilan yetib boradigan yoki umuman mavjud bo‘lmagan joyda (metro, temirbetonli yopiq bino va shu kabi) bo‘lganida aloqa bo‘lmasligiga chidashiga to‘g‘ri kelishi tushunarli hol. Biroq, vaqtinchalik texnik omillar sababli uzilishlar kam uchramaydi. Masalan, abonentlarning keng oqimi tarmoqda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin – natijada qo‘ng‘iroqlarning uzilishlari, qo’ng‘iroq qilish bilan bog‘liq qiyinchiliklar kuzatiladi. Bu kabi holat bilan biz ko‘pincha omma bir vaqtning o‘zida telefon orqali bir-birlarini tabriklashga chog‘langan milliy bayramlarda to‘qnashamiz. Biroq, hozir ham biz o‘xshash holatlarni kam uchratmaymiz, chunki har kun uyali aloqa operatorlari ofislari eshigiga ko‘plab yangi mijozlarni olib kelmoqda. Foydalanuvchilarning bu kabi ko‘payishi ko‘pincha vaqtinchalik tarmoqning o‘ta yuklanishiga olib keladi. Bunga o‘xshash holatni biz, masalan, Yangi yilda kuzatamiz.

— Xorijda vaziyat qanday? Mobil aloqasining xorijiy foydalanuvchilariga ham bizga bo‘lgan muammolar xosmi?
— Mobil aloqasining sifati yuqori darajada bo‘lgan rivojlangan davlatlarda tarmoqqa qo‘ng’iroq qilib, tusha olmaslik (Block Rate) barcha qo‘ng‘iroqlarning maksimum 2%ini tashkil qiladi. Tarmog‘imizda qo‘ng‘iroq qilib, tusha olmaslikning sutkalik ko‘rsatkichi bugungi kunda 5% ko‘pni tashkil qilmaydi. Aloqani baholashning yana bir jihati – qo‘ng‘iroqlar uzilishining foizli nisbati (Drop Rate) haqida eslatib o‘taman. Rivojlangan davlatlarda u 0,2% darajada, bizlarda esa u 1,2% ni tashkil qiladi. O‘zbekiston – buyuk kelajakka ega yosh mustaqil davlat, shuning uchun mamlakat uyali aloqa operatorlari qisqa vaqt ichida telekommunikatsiya sohasini ushbu soha ko‘p o‘n yilliklar davomida mutassil rivojalnib borayotgan davlatlar darajasiga olib chiqishiga ishonaman.

— Buning uchun nima qilish lozim?
— Bloklash va tarmoq uzilishi darajasini pasaytirish uchun “Ucell” mutaxassislari asosiy stansiyalarni maqbullashtirish bo‘yicha har kuni katta ishlarni olib bormoqdalar. Buning uchun bizning texnik personal butun respublika bo‘ylab joylashuv bo‘yicha asosiy joylarga chiqishmoqda va datamerlar yordamida har bir stansiyaning yuklanganlik darajasini tekshirmoqda. Agarda qayerdadir boshqa stansiyalarga nisbatan kamroq yuklanish bo‘lsa, u holda vakolatli hokimiyat organlari ruxsatiga ko‘ra (EMMM, DAI) radiosignal retranslyatsiyasi yo‘nalishi o‘zgaradi. Shu tarzda u yoki bu stansiyadagi “probga” (o‘ta yuklanish) tugatiladi. Asosiy stansiyalarda antennalar yo‘nalishini faqatgina zarur holatlarda har kuni bunga ruxsat beradigan Davlat aloqa inspeksiyasi tasdig‘idan so‘ng o‘zgartirish mumkin.

— Asosiy stansiyalarning sonini oshirish osonroq emasmi?
— Bir ish ikkinchisiz bitmaydi. Nafaqat yangi stansiyalarni barpo qilish, balki ularning ishini maqbullashtirish zarur, yo‘qsa uskunani xarid qilishga katta mablag‘lar sarflanishi foydasiz bo‘ladi. “Ucell” butun respublika bo‘ylab asosiy stansiyalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha loyihani hayotga tatbiq qilmoqda. Yil oxiriga qadar 2G-stansiyalar sonini 9,5% ga oshirishni rejalashtirmoqdamiz. Bir vaqtning o‘zida 2G-priyomoperedatchiklar soni 21,6% oshiriladi. Uchinchi avlod tarmoqlari ommalashuvini hisobga olgan holda yangi 3G-stansiyalarni ishga tushirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda ularning soni 52,8% oshiriladi.

— Bu, ehtimol, “Ucell” qamrov zonasining kengayishida aks etadi…
— Albatta. Respublikada jon boshiga qamrov hajmi 1,2% ga oshadi va 2G-tarmoqlar bo‘yicha 90% dan oshiqni tashkil qiladi. 3G-tarmoqlariga nisbatan o‘sish yanada keng — 26,7% bo‘lishi va 45% dan oshiqni tashkil qilishi ko‘zlanmoqda. Toshkent shahrida o‘tkazilgan drayv testlar natijasiga ko‘ra internetning o‘rta va maksimal tezligi boshqa operatorlarga nisbatan yaxshi natijalarni ko‘rsatdi, deya olamiz.

— Mobil Internet foydalanuvchilari nima kutmoqda? Ular uchun tashqi kanal sig‘imi oshiriladimi?
— Bugungi kunda tashqi internet kanal sig‘imi yetarli darajada, biroq, zarur bo‘lsa biz istalgan paytda qo‘shimcha o‘tkazuvchanlikni xarid qilishimiz mumkin. AKT-mutaxassislarimiz sutka davomida tarmoq monitoringini olib bormoqdalar va mayda uzilishlarga ham chora ko‘rmoqdalar. Yaqin kunlarda internet-trafik tahlilidan kelib chiqib, tashqi internet-kanalni 1 Gb gacha oshirishni rejalashtirmoqdamiz. Eslatib o‘taman, hozirda “Ucell” tarmog‘ida internet-trafikning eng avjiga chiqishi 700 Mb/s ga yetadi, bunda mobil Internet foydalanuvchilarida muammo yuzaga kelmaydi.

— “Ucell”ning innovatsiyalarga ergashishini bilgan holda, sizning oson bo‘lmagan biznesingizning bu tarafi to‘g‘risida aytib beradigan narsalar borligini taxmin qilish mumkin.
— Albatta, siz haqsiz. “Ucell” nafaqat innovatsion, balki ekologik toza, “yashil” kompaniya hamdir, shuning uchun bu yili biz baza stansiyalarining energiya ist’molini 22% ga pasaytirishni rejalashtirdik. Yuqori yuklangan 100 ga yaqin stansiya, shuningdek qishloq joylarda joylashgan stansiyalar sanitariya me’yorlariga rioya qilgan holda nolli energiya iste’moliga ega quyosh energiyasi iste’moliga o‘tkaziladi. Shu bilan yana bir bor o‘z ijtimoiy javobgarligimizni his qilishmizni va mamlakat rivoji hamda aholi farovonligi uchun hissa qo‘shishga intilayotganimizni tasdiqlaymiz.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq