“Ucell” telefonlar bilan paketlarga bonuslarni qo‘shmoqda
09.08.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Ucell” savdo belgisi ostida uyali aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi “COSCOM” kompaniyasi dilerlik punktlari va kompaniyaning o‘z ofislarida telefonlar bilan paketlar savdosi tiklanganligi haqida e’lon qiladi.

Endilikda Prepaid-tizimining barcha abonentlari quyidagi paketlarga ulanib, belgilangan muddatlarda abonent to‘lovisiz “VIP” tarifi imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin:
– “Sharq” – 2012 yil 31 dekabrga qadar.
– “Turon” – 2013 yil 28 fevralga qadar.
– “Yangi Registon”, “Yangi Zargaron”, “Semurg‘”, “Marg‘ilon”, “Shahrisabz” va “Uchquduq” – 2013 yil 30 aprelga qadar.

Bundan tashqari, yuqorida ko‘rsatilgan paketlarga ulangan abonentlar 2000 Mb bepul internet-trafikka ega bo‘ladilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq