“Ucell” abonentlari oliygohlarga imtihon natijalarini SMS orqali bilishlari mumkin
09.08.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Ucell” mobil aloqa operatori kompaniya abonentlari O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlariga qabul imtihonlari natijalarini “Abituriyent-2012” servisi yordamida bilib olishlari mumkinligini xabar qiladi.

Zarur ma’lumotlarni olish uchun 5151 servis raqamiga abituriyent kirish imtihonlarini topshirishda to‘ldirgan javob varaqasi raqami bilan SMS-xabar jo‘natish lozim. Javob tariqasida javob varaqasi raqami, oliygoh kodi, to‘plangan ball miqdori, shuningdek abiturientlar tanlovi natijalari (grant-o‘qishga kirgan; kontrakt asosida kirgan; kirish uchun yetarli ball to‘plamagan) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan xabar keladi.

“Abituriyent-2012” servisi orqali kirish natijalarini faqat Davlat tets markazi kirish test imtihonlari natijilarni e’lon qilganidan so‘ng bilish mumkin.

Bitta chiquvchi xabar bahosi – $0,75 QQS bilan, kiruvchi xabarlar bepul.

Servisdan foydalanish qo‘shimcha sozlama va telefon funksiyalarini talab qilmaydi. Yagona talab telefon SMS-xabarlar almashinuvi protokolini qo‘llab-quvvatlashidan iborat.

Xizmat “Zava Mobile” kontent-provayderi bilan hamkorlikda taqdim etiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq