“Bilayn”ning “Abituriyent-2012” xizmati kirish test sinovlari natijalarini bilishga yordam beradi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “Zava Mobile” kontent-provayderi va Davlat test markazi bilan hamkorlikda abituriyentlarga “Abituriyent-2012” noyob axborot xizmatidan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Servis SMS orqali O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtalriga imtihon topshirishda to‘plangan ballar miqdorini bilish imkonini beradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Bu yili mamlakat oliy o‘quv yurtlariga arizalarning rekord soni berildi: 430 mingdan ortiq kishi kirish test sinovlaridan o‘tish uchun hujjatlar topshirgan. Tez orada ularning yakunlari sarhisob qilinadi va kompaniyamiz barcha abituriyentlarga omad tilaydi!”

Imtihon yakunlarini bilish uchun abonent javob varaqasi raqami bilan (masalan, 100003) 5151 qisqa raqamiga SMS yuborib, quyidagi ko‘rinishda javob oladi: N:100003, VUZ:355, BALL:195.9. Siz GRANT asosida o‘qishga qabul qilindingiz. Vi postupili na GRANT.

Xizmatning amal qilish muddati – 2012 yil 10 avgustdan 31 avgustga qadar. Chiquvchi xabarning bahosi – $0,75. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz va www.zava.uz saytlarida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system