“Pullar qaytariladi!” aksiyasi yozning oxiriga qadar amal qiladi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Pullar qaytariladi!” aksiyasi 31 avgust kuni tugashi haqida xabar beradi. Eslatib o‘tamiz, “USB-modem Bilayn” xizmatiga ulangan holda, abonent 6 oy mobaynida to‘liq xarid bahosini qaytarib oladi.

Mazkur aksiyani sharhlar ekan, Unitelning Marketing bo‘yicha xizmati rahbari Marina Ovsyannikova shunday dedi: “Kompaniyamiz bozorga 3G-modemlarni chiqarish bo‘yicha an’anaviy yetakchi hisoblanadi: “Bilayn” devayslarining ilk partiyasi O‘zbekistonda 2008 yilda paydo bo‘lgan. 2012 yil iyun oyining oxirida tarmog‘imizda 200 mingga yaqin modemlar ishlagan va men ishonamanki, “Pullar qaytariladi!” aksiyasi yangi abonentlar uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. Bunda foydalanuvchilarni modemga ulanishda hech ham cheklamaymiz: ular o‘z istalariga qarab yo tarif, yoki internet-paketni tashnlashi mumkin – nima bo‘lganda ham ularga pullar qaytadi”.

“USB-modem Bilayn” xizmatiga ulanishda abonent sotib olingan kundan boshlab, 6 oy mobaynida har oyda balansiga $5,26 dan oladi. Taqdim qilingan mablag‘larning amal qilish muddati – kalendar oyining oxiriga qadar. Taqdim etilgan mablag‘lar to‘lovli trafikka yarim yil davomida xizmat narxi hajmida chegirma hisoblanadi. Taqdim etilgan mablag‘larni *106# USSD-buyrug‘i orqali tekshirish mumkin.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system