“Bilayn” Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati O‘zbekistonda eng yaxshi uyali aloqa operatori call-markazi, deya e’tirof etildi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Brandnews.uz marketing portali reytingida yetakchilik qilmoqda. Iyunda boshlangan onlayn-ovoz berish yakunlari bo‘yicha “Bilayn” Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati 44,5% ovoz to‘plab, O‘zbekistonda eng yaxshi uyali aloqa operatori call-markazi, deya e’tirof etildi.

“Keyingi uch hafta call-markazga oshgan nagruzkalar sharoitida o‘tdi, shuning uchun mijozlar tomonidan e’tirof biz uchun juda muhim, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – O‘ylaymanki, bunda “Bilayn” abonentlarga call-markazga qo‘ng‘iroq qilish har doim bepul bo‘lgan, hatto bloklangan holatda ham amal qilgan yagona GSM-operator bo‘lganligi o‘z natijasini berdi”.

Eslatib o‘tamiz, 0611 va 0612 raqamlaridan tashqari Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati bilan sutka davomida http://0611.beeline.uz “Onlayn-maslahatchi” chati orqali aloqa bog‘lash mumkin. Batafsil ma’lumot http://brandnews.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system