“Ucell” ma’lumotlar xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish endilikda bepul va hatto bloklangan holatda ham amal qiladi

Mashhur mobil aloqa operatori “Ucell” kompaniya abonentlari uchun ma’lumotlar xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish endilikda mutlaqo bepul bo‘lganligini xabar qiladi. Bundan tashqari, ular bloklangan holatdagi raqamlar uchun ham amal qiladi!

“Biz mijozlar qulayligi o‘ylab, ushbu qadamni qo‘ydik, – deydi “Ucell”ning korporativ aloqalar departamenti rahbari Davron Azizov. – Endilikda ular har doim “Ucell” raqamlaridan 8123 qisqa raqamiga, shuningdek istalgan raqamdan (+99893) 180-00-00 yoki (+99893) 181-00-00 raqamlarini tergan holda batafsil ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin! Ko‘plab savollar abonent u yoki bu sabablar tufayli bloklanganida paydo bo‘lishi inobatga olinsa, ular bloklangan holatdagi raqamlardan axborot xizmatlarimizga qo‘ng‘iroq qila olish kabi tengsiz imkoniyatni qo‘lga kiritdilar!»

Bloklangan holatda “Ucell” ma’lumotlar xizmatiga qo‘ng‘iroqlar “FACT Plus”, “Unlimited PRE” va “VIP” tarif rejasi foydalanuvchilaridan tashqari barcha Prepaid-abonentlari uchun amal qiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system