TEGwear: sport gadjetlari foydalanuvchilardan quvvat oladi

Zamonaviy inson faoliyatining deyarli barcha sohasida elektronikadan foydalanadi, bu holat sport bilan shug‘ullanadiganlarga ham taalluqli. Turli elektron gadjetlar barcha zarur ko‘rsatkichlarni, hattoki haqiqiy vaqt davomida ishlatiladigan kaloriyalargacha aniq aks ettiradi. TEGwear texnologiyalari loyihachilari inson ener-giyasidan quvvat oluvchi qurilmalar keyingi qadam bo‘lib qoladi deb ishonadilar.

Simsiz sensorlar uchun tiklanadigan energiya texnologiyalariga ixtisoslashgan Perpetua kompaniyasi o‘zining yangi yechimini, inson tanasi haroratini elektr quvvatiga aylantiruvchi termoelektrik chipni taqdim etdi.

TEGwear texnologiyasi ishlashi uchun harorat gradiyentini, ya’ni tananing ancha yuqori harorati va atrof-muhitning eng past harorati o‘rtasidagi farqni hosil qilish kerak. Shunday qilib, inson qanchalik faol ishlasa, TEGwear chipi shunchalik ko‘p elektr quvvatini ajratib ishlab chiqaradi.

Loyihachilarning fikriga qaraganda, yangi modul juda past quvvatli elektron qurilmasiga kiritilishi mumkin, xususan, mobil telefonni quvvat bilan ta’minlashga TEGwear chipining imkoniyatlari yetmaydi. Shuning uchun Perpetua hozirgi kunda tanada olib yuriladigan tibbiyot va sport gadjetlari ishlab chiqaruvchilari orasidan hamkorlarni izlamoqda, chip umuman an’anaviy batareyalarsiz ishlay oladigan qurilmalarni yaratishga imkon beradi.

Ishlab chiqariladigan quvvati bir millivattgachani tashkil etadi. Birinchi seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotlar 2014-yilda savdoga chiqarilishi taxmin qilinmoqda. TEGwear chipining o‘rtacha xizmat muddati taxminan qurilmalarning o‘zlari xizmat muddatiga teng muddatni, ya’ni 10–20 yilgacha muddatni tashkil etadi.

Manba: www.mashable.com

Orphus system