Samsung smartfonlar savdosi yangi rekordini o‘rnatdi

2012-yil ikkinchi choragida jahon bozorida kommunikatorlarni sotish bo‘yicha rasmiy statistika hali ma’lum emas, ammo taxminan Koreya korporatsiyasi yetakchilik qilmoqda deb ishonch bilan aytish mumkin.

«Reyter» sharhlovchilari yilning ikkinchi choragida smartfonlar bozoridagi holat qanday ekanligini bilib olishga harakat qilib, qirqdan ortiq analitiklar orasida so‘rovnoma o‘tkazdilar. Samsung 50 mln. kommunikatorlarni savdoga jo‘natib, shu bilan birinchi o‘rinni egallagan deb hisoblanmoqda, chunki Apple kompaniyasi atigi 30 mln. iPhone qurilmalarini savdoga chiqarishga erishgan. Samsung muvaffaqiyat qozonishiga Galaxy S III qurilmalariga katta ehtiyoj mavjudligi sabab bo‘ldi, Apple tomonidan sustlik esa keyingi iPhone paydo bo‘lishini kutayotganligi bilan tushuntiriladi.

Samsung mana qatorasiga ikki chorak davomida yetakchi mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi nomini o‘zida saqlab kelmoqda — birinchi chorakda Nokia ushbu mavqeini yo‘qotdi. Samsung 95,8 mln. mobil qurilmalarni, Nokia esa — 80,1 mln. qurilmalarni sotdi degan fikr mavjud.

Aytgandek, Nokia uchun go‘yo yorqin davr kelayotganga o‘xshaydi: finlar 3,71 mln. Windows Phone-smartfonlarini yetkazib berishga erishganga o‘xshaydilar, bu yilning birinchi choragida savdoga jo‘natilgan 2,2 mln., mahsulotdan 65 foizga ko‘pdir. Agar Nokia sur’atni oshirishda davom etsa, yil oxiriga kelib, kompaniya smartfonlar maydonida to‘laqonli o‘yinga qaytadi.

Manba: www.reuters.com

Orphus system