Point and Click Dictionary portativ lug‘ati

Qog‘ozli, jumladan, chet tillardagi kitoblar bilan ko‘p ishlashiga to‘g‘ri keladiganlar uchun Point and Click Dictionary portativ lug‘ati juda qulay bo‘lishi aniq. Umuman olganda, mazkur qurilma cho‘ntak skaneridan iborat, u surib chiqariladigan kamerasi yordamida u yoki bu so‘zni o‘qiydi va displeyda uning izohini yoki tarjimasini aks ettiradi.

Qurilmaning ekrani 2,4 dyuym kattalikka ega, zichligi esa 320 x 240 pikselni tashkil etadi. Gadjet MP3-pleyer, diktofon hamda tasvirlarni ko‘rish qurilmasi sifatida foydalanilishi mumkin.

Afsuski, O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun mazkur qurilma ingliz, fransuz, italyan, ispan va nemis tillari o‘rtasida tarjima imkoniyatiga hamda yarim million so‘zlardan iborat Collins English Dictionary izohli lug‘atga ega. Point and Click Dictionary portativ lug‘atining narxi $279,95 ni tashkil etadi.

Manba: www.gadgetblog.ru

Orphus system