“Ikkita” “Uchta”ga tenglashganida
07.08.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekistondagi mashhur mobil aloqa operatori “Ucell” “Modem sovg‘aga!” aksiyasini qayta boshlamoqda.

Endilikda ikkita “Max 5000” internet-paketini ulashda abonent nafaqat “Ucell”dan ikki oy ichida tezkor Internetdan foydalanish imkoniyatiga, balki sovg‘a sifatida 3G-modemga ham ega bo‘ladi.

“Ucell”dan 3G-modem 7.2 Mb/sek gacha ma’lumotlar yetkazish tezligida ishlovchi, USB form-faktorida ishlangan ko‘p rejimli va kompakt uskuna hisoblanadi. Bu uni Windows 2000, Windows XP, Vista, Windows 7 va MacOS operatsion tizimiga ega barcha stasionar kompyuterlar va noutbuklarda ishlatish imkonini beradi. Bundan tashqari, modem 32 Gb gacha hajmga ega Micro SD ni qabul qiladi va USB-yig’uvchi sifatida ham ishlatilishi mumkin.

“Mijozlarimiz uchun foydalar ravshan. “Max 5000” paketining o‘zi uni narxi va funksionalligi o‘rtasidagi maqbul nisbati sababli tanlagan internet-foydalanuvchilar orasida juda ommalashgan, – qayd qiladi “Ucell”ning korporativ aloqalar departamenti rahbari Davron Azizov. – Endilikda abonentlar ushbu paketdan qo‘shimcha modemni xarid qilishga xarajatlarsiz foydalanishlari mumkin. Buning uchun “Modem sovg‘aga!” aksiyasida ishtirok etishning o‘zi kifoya – va ular umumiy hajmi 10000 MB, ishlatilish muddati 60 kun bo‘lgan, ikkita aktivlashtirilgan “Max 5000” paketli SIM-kartani va ularga hech qanchaga tushmaydigan yuqori sifatli 3G-modemni qo‘lga kiritadilar!”

Aksiya faqatgina jismoniy shaxslarga amal qiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq