Diablo III kompyuter o‘yini haqiqiy o‘limga olib keldi
07.08.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

40 soat davomida virtual janglarni tasvirlovchi «go‘sht qiymalagich» o‘yinining yosh ishqibozlaridan biri olamdan bevaqt ko‘z yumdi. Bu hol o‘smir shaxsiy kompyuterda hack and slash RPG-janrida («go‘sht qiymalagich») eng ommaviy o‘yinlardan biri, Diablo III o‘yinini 40 soat davomida o‘ynagandan so‘ng yuz berdi.

Mazkur noxush xabar Tayvandan keldi: o‘yinlar ashaddiy ishqibozi o‘smir Chuan internet-kafeda alohida xonani ijaraga olgan va bu yerda Diablo III o‘yinini o‘ynab 13-iyul juma kunidan 15-iyul yakshanbagacha vaqtini o‘tkazgan. Kafe xodimi Tineyjerni stol ustiga cho‘zilib yotib olgan holatda ko‘rib qolgan. Avvaliga Chuan shunchaki juda toliqqan bo‘lib ko‘ringan, ammo u o‘rnidan turib, bir necha qadam qo‘yganidan so‘ng hushidan ketgan va uni kasalxonaga olib borganlar. Kasalxonada o‘smir hayotdan ko‘z yumgan.

O‘lim sabablari hozircha noma’lum, ammo ekspertlar uzoq vaqt davomida inson tanasi o‘zgarmas holatda bo‘lishi albatta, yurak-qon tomir tizimi muammolariga olib kelishi mumkin deb hisoblaydilar. Chuan qandaydir kasallikka chalingan bo‘lishi, «iblislar» marafoni uning keskin hurujini keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin.

Manba: www.sotovik.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq