“Bilayn” ilk bor O‘zbekistonda xalqaro internet-kanal sig‘imini 1 Gbit/s gacha oshirdi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) xalqaro internet kanali sig‘imi 1 Gbit/s ni tashkil qilgan navbatdagi kengaytirilishi haqida xabar beradi.

“Oxirgi haftalardagi nagruzkalar tarmog‘imiz uchun jiddiy sinov bo‘ldi va, umuman olganda, biz undan munosib ravishda o‘tdik, – qayd qildi Unitelning Texnik direktori Denis Kotlyarenko. – Shubhasiz, bu kompaniyadan qo‘shimcha harakatlarni, shu jumladan tashqi kanalni kengaytirishni ham talab qildi. “Bilayn” O‘zbekistonda 1 Gbit/s chegarasidan o‘tgan ilk operator bo‘ldi. Bu internet-xizmatlar sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida “Bilayn” xalqaro internet-kanal sig‘imini 850 Mbit/s gacha yetkazgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system