Samarqand viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirish odimlari

Samarqand viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarinni joriy etish bo‘yicha qabul qilingan Hukumat qarorlarining bajarilishini ta’minlash doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan: an’anaviy internetdan foydalanuvchilar soni 295,7 ming, mobil internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni 700 ming nafarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan bu ko‘rsatkich 103,0 foizga o‘sdi. Internet xizmatlaridan foydalanish ko‘rsatkichi o‘sib bormoqda. Aholi yashash punktlarining 13tasida jamoaviy Internet xizmati ko‘rsatuvchi shaxobchalar tashkil etilgan.

Mahalliy hokimiyatlar va davlat boshqaruvi organlarida, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlarida Internet tarmog‘iga ulanib, xizmatlardan foydalanish ko‘rsatkichi ham o‘sib bormoqda. Viloyat hududida faoliyat yuritib kelayotgan 15ta telekommunikatsiya operatorlari va Internet provayderlari tomonidan Internet xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-191-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 28-dekabrdagi «ZiyoNET» axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi 282-sonli qarorlariga muvofiq, 1163ta umumta’lim maktablari, 137ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, 8ta oliy ta’lim muassasalari «ZiyoNet» ta’lim tarmog‘iga ulandi.

Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining kompyuter bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rtacha har 100 nafar xodimga 84,1tani, Boshqaruv organlarining kompyuter bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rtacha har 100 nafar xodimga 55,8 tani tashkil etmoqda. Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining markaziy apparatida lokal kom-pyuter tarmog‘ining tashkil etilganlik darajasi 100 foizga yetkazildi. Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining korporativ kompyuter tarmog‘ining tashkil etilganligi darajasi 100 foizni tashkil etdi.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2011-yil 20-oktabrdagi 312-sonli buyrug‘i va 2012-yil 28-fevraldagi 50-f-sonli farmoyishiga muvofiq, Samarqand axborot texnologiyalari kolleji, Samarqand kompyuter texnologiyalari va gidromelioratsiya kolleji, Samarqand axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sanoat kolleji, Jomboy informatika va xizmat ko‘rsatish kolleji, Payshanba kompyuter texnologiyalari kolleji va Ishtixon axborot texnologiyalar va xizmat ko‘rsatish kollejiga tegishli viloyat aloqa korxonalari biriktirildi.

Viloyat aloqa korxonalari tomonidan soha yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 2012-yilda jami 1,629 mln. so‘m miqdorida mablag‘ ajratish biznes rejalariga kiritildi. «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Samarqand filiali tomonidan 1850,0 ming so‘mlik mablag‘ sarflanib, Samarqand axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida pochta sinfxonasi tashkil etib berildi.

Samarqand axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji qoshida tashkil etilgan «Minor me’mor qurilish baraka» kichik korxonasi tomonidan «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Samarqand filialining mavjud kompyuter va idora texnikalarini texnik yordam hamda ta’mirlash uchun shartnoma tuzilib, hozirgi kungacha kichik korxona tomonidan filialga 1161,0 ming so‘mlik ishlar amalga oshirildi.

«O‘zmobayl» filiali tomonidan mazkur soha yo‘nalishidagi 6ta kasb-hunar kollejlariga imtiyozli limit bilan ta’minlangan CDMA-450 standartidagi statsionar terminallar olib berildi. «Matbuot tarqatuvchi» MCHJ’da ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazayotgan soha yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari 9 nafar o‘quvchilariga «Matbuot tarqatuvchi» MCHJ tomonidan oylik maoshi berildi.

Joriy yilning 26-may kuni TATU Samarqand filialida soha yo‘nalishidagi Samarqand axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji, Samarqand kompyuter texnologiyalari va gidromelioratsiya kasb-hunar kolleji hamda Samarqand axborot kommunikatsiya texnologiyalari va sanoat kasb-hunar kollejining o‘quvchilari o‘rtasida:
• kompyuterlarni yig‘ish;
• veb-sayt yaratish;
• kompyuter garafikasi yordamida logotiplar yasash yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa va ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa va ko‘rgazmada 3 ta kasb-hunar kollejining 21 nafar o‘quvchisi ishtirok etdi va ularning ishlari yuqori baholandi. Eng yaxshi o‘rinni egallagan hamda ko‘rgazmani yaxshi tashkil etgan kasb-hunar kollejlarining 14 nafar o‘quvchisi Agentlik tizimidagi viloyat korxona va tashkilotlari homiylik mablag‘lari hisobidan 4 GB xotiraga ega bo‘lgan fleshkalar bilan taqdirlandi.

Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan soha yo‘nalishidagi 4ta kasb-hunar kolleji uchun yuborilgan L-platalar hududiy boshqarma tomonidan yetkazib berildi. «Telekommunikatsiya transport tarmog‘i» filialining 4-bog‘lamasi tomonidan Jomboy informatika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejiga MR-61 rusumli o‘lchov asbobining MV-61 ko‘rsatuvchi, GF-61generator, GP-61 programmator, MS-61 ostsillograf komplektlardan iborat o‘lchov asboblari berildi.

Samarqand texnik radionazorat stansiyasi tomonidan 17 turdagi texnik qurilmalar, o‘lchov asboblari va kompyuterlar, jumladan: kompyuter, ostsillograflar, generatorlar, spektr analizatori, chastotamer, radiopriyomniklar, radiopelengator va millivoltmetr va boshqa o‘lchov asboblari Ishtixon kompyuter texnologiyalari kollejiga beg‘araz yordam tariqasida berildi.

Samarqand radio-televizion uzatish markazi tomonidan Ishtixon kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji laboratoriyasiga «M-2020» rusumli voltmetr, Samarqand axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sanoat kasb-hunar kolleji talabalari amaliyotda foydalanishlari uchun «generator ostsiloskopi», zarur elektr ehtiyot qismlari va o‘lchov asboblari hamda Samarqand kompyuter texnologiyalari va gidromelioratsiya kolleji talabalari amaliyotda foydalanishlari uchun 2ta o‘lchov asbobi va bitta radiorele kuchaytirgich berildi. Samarqand radio-televizion uzatish markazi tomonidan Jomboy informatika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejiga «Radio», «Радиолюбитeль» jurnallari taqdim etildi.

A. S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi tomonidan soha yo‘nalishidagi 3ta kollejda taqdimot o‘tkazilgan. Tadbir davomida AKM tomonidan 15 nomdagi kitob, plakatlar va 30 ga yaqin SD multimediya disklari topshirildi.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan joriy yilning 1-4 may kunlari TATU hamda uning filiallari miqyosida «Elektron ta’lim» tizimi orqali tashkil etilgan Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari direktorlarining «Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar yo‘nalishida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari» mavzusidagi o‘quv-seminari o‘tkazildi. Mazkur o‘quv-seminarda Samarqand viloyatidagi 6ta, Jizzax viloyatidagi 7 ta va Navoiy viloyatidagi 2ta, jami 15ta soha yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. O‘quv seminar yakuni bo‘yicha barcha qatnashchilardan test-sinovlari olindi.

Soha yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha agentlik tizimidagi viloyat korxona va tashkilotlarida malakasini oshirish bo‘yicha hududiy boshqarma tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi, tasdiqlandi hamda joriy yilning 2-maydan 6-iyunga qadar 30 dan ziyod kollej o‘qituvchilarining malakasini oshirish ishlari amalga oshirildi.

Kollej o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish maqsadida «O‘zbektelekom» AK Samarqand filiali, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Samarqand filiali, «UzI» QK Samarqand shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi korxonalarida ishlab chiqarish amaliyot xonalari ajratildi va kerakli jihozlar bilan ta’minlandi. Mazkur amaliyot xonalarida soha yo‘nalishidagi kollej o‘quvchilari amaliyotlarini o‘tkazdilar. Shu bilan birga, Samarqand radio-televizion uzatish markazi, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi, «Matbuot tarqatuvchi» MCHJ, TATU Samarqand filialida ham amaliyot o‘tkazildi.

Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini viloyat aloqa korxonalarida o‘rnatilgan yangi texnika va texnologiyalar bilan tanishtirish va yuqori unumli ish metodlarini o‘zlashtirish maqsadida rejaga asosan Samarqand axborot texnologiyalari kolleji, Samarqand kompyuter texnologiyalari va gidromelioratsiya kolleji, Samarqand axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sanoat kolleji, Jomboy informatika va xizmat ko‘rsatish kolleji, Payshanba kompyuter texnologiyalari kolleji va Ishtixon axborot texnologiyalar va xizmat ko‘rsatish kollejida o‘quv-seminarlari o‘tkazilib borilmoqda.

Samarqand axborot texnologiyalari kolleji, Samarqand kompyuter texnologiyalari va gidromelioratsiya kolleji, Samarqand axborot kommunikatsiya texnologiyalari va sanoat kolleji, Jomboy informatika va xizmat ko‘rsatish kolleji, Payshanba kompyuter texnologiyalari kolleji va Ishtixon axborot texnologiyalar va xizmat ko‘rsatish kollejlarining soha yo‘nalishidagi 1297 nafari bilan 3 tomonlama shartnoma tuzildi. Shulardan viloyat aloqa korxonalari 79 nafar bitiruvchilari bilan 3 tomonlama shartnoma tuzildi.

Joriy yil 9-iyun kuni TATU Samarqand filiali o‘quv binosida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarka hududiy boshqarma rahbarligida «O‘zbektelekom» AK Samarqand filiali, «UzI» QK Samarqand SHTB, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Samarqand filiali, Samarqand RTUM, «Matbuot tarqatuvchi» MCHJ, «TTT» filiali 4-bog‘lanmasi, viloyat AKM, TATU Samarqand filiali, AT «Aloqa bank» Samarqand filiali, «O‘zmobayl» filiali Samarqand bog‘lamasi, Samarqand EMMM ishtirok etishdi. Mazkur korxonalar jami 100 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar. Yarmarkada ishtirok etgan viloyat aloqa korxonalari tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari, oylik ish haqlari va ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha imtiyozlarni targ‘ib qiluvchi stendlar namoyish etildi. Yarmarkada TATU Samarqand filiali va viloyatdagi soha yo‘nalishidagi 6ta kasb-hunar kollejlaridan 598 ga yaqin bitiruvchilar rezyumelari bilan ishtirok etdilar. Yarmarka davomida 59 nafar bitiruvchiga suhbat uchun yo‘llanma berildi.

Bundan tashqari, AT «Aloqa bank» Samarqand filiali, «O‘zmobayl» filiali Samarqand bog‘lamasi, «BRM» filiali Samarqand bog‘lamasi, Samarqand RTUM korxonalari o‘zlarining ko‘rgazmalari bilan qatnashdi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talabalari uchun «UzI» QK Samarqand shahar telekommunikatsiya bog‘lamasiga qarashli 33-ATS binosida o‘quv amaliyot xonasi tashkil etildi va zarur stendlar bilan ta’minlandi.

Soha korxonalari va tashkilotlarida TATU Samarqand filiali professor-o‘qituvchilarining amaliy tajribalarini oshirish rejasi asosida joriy yilning boshidan bugungi kunga qadar «O‘zbektelekom» AK Samarqand filialida, «TTT» filiali 4-bog‘lamasi, «UzI» QK Samarqand SHTB, «Uzmobayl» filiali Samarqand bog‘lamasida, Samarqand RTUM korxonalarida 10 nafar professor-o‘qituvchilar o‘zaro amaliy tajribalarini oshirdi.

O‘zbekiston aloqa axborotlashtirish agentligining 2012-yil 19-mart 89-sonli buyrug‘iga asosan «UzI» QK Samarqand SHTB, «O‘zbektelekom» AK Samarqand filiali, «Telekommunikatsiya transport tarmog‘i» filiali 4-bog‘lamasi, Samarqand DAI rahbarlari va mutaxassislari TATU Samarqand filialining o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Shu bilan birga, TATU Samarqand filialining o‘quvchilarini viloyat aloqa korxonalarida o‘rnatilgan yangi texnika va texnologiyalar bilan tanishtirish va yuqori unumli ish metodlarini o‘zlashtirish maqsadida viloyat aloqa korxona va tashkilotlari mutaxassislari tomonidan o‘quv seminarlari o‘tkazilib borilmoqda.

TATU Samarqand filialida bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzularini soha korxonalari va ishlab chiqarish muassasalari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, shakllantirish va ishlab chiqarish korxonalarining buyurtmalari asosida bajariladigan bitiruv ishlari sonini oshirish maqsadida, bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlikka soha mutaxassislari keng jalb etildi.

Viloyat hududida, ayniqsa, qishloq joylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiyotdagi salmog‘ini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida tadbirkorlar va ishbilarmonlar, kichik biznes vakillari, umuman, keng aholi qatlamlari uchun aloqa va axborotlashtirish sohasini litsenziyalash masalalarini tushuntirish ishlari olib borilib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli litsenziyalar olib berildi. Bugungi kunda aloqa va axborotlashtirish agentligi litsenziyasi asosida viloyatdagi 140 dan ziyod xo‘jalik yurituvchi subyektlar zamonaviy telekommunikatsiya, ma’lumotlar uzatish, Internet va boshqa xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda. Shundan internetdan jamoaviy foydalanish shaxobchalari soni 127 tani tashkil etmoqda.

Shuningdek, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida «O‘zbektelekom» AK Samarqand filiali tomonidan 2011-yilda Kattaqo‘rg‘on shahar, Jomboy va Ishtixon tumanlarida hamda «UzI» QK Samarqand ShTB tomonidan Samarqand shahrida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Yagona oyna» markazlari ishga tushirildi.

«Yagona oyna» markazlari orqali mijozlarga simli telefon aloqasi, Uzmobile-CDMA-450 standartidagi mobil aloqa va mobil Internet xizmatlari, Uzonline-yuqori tezlikdagi Internet xizmatlari hamda raqamli televideniye xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

2012-yil oxirigacha viloyatning Nurobod, Kattaqo‘rg‘on, Urgut, Samarqand, Oqdaryo, Bulung‘ur va Payariq tumanlarida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Yagona oyna» markazlari ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Orphus system