Maqsad — viloyatni sifatli aloqa bilan ta’minlash
06.08.2012
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Qashqadaryo viloyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalarinni joriy etish bo‘yicha qabul qilingan muhim Hukumat qarorlarning bajarilishini ta’minlash doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan: an’anaviy Internet xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 325,37 mingtani tashkil etib, yil boshiga nisbatan bu ko‘rsatkich 104 foizga o‘sdi. Aholi yashash punktlarining 22 tasida jamoaviy Internet xizmati ko‘rsatuvchi shaxobchalar tashkil etildi. Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ko‘pchiligi Internet tarmog‘iga ulanib, uning xizmatlaridan foydalanmoqda.

Viloyat hududida faoliyat yuritib kelayotgan 9 ta telekommunikatsiya operator va provayderlari tomonidan Internet xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-191-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 28-dekabrdagi «ZiyoNET» axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi 282-sonli Qarorlariga muvofiq, 1099 ta umumta’lim maktablari, 107ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, 5ta oliy ta’lim muassasalari, «ZiyoNet» ta’lim tarmog‘iga ulandi.

Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining kompyuter bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rtacha har 100ta xodimga 100tani, lokal komp’yuter tarmog‘ining tashkil etilganligi darajasi 100 foizga yetkazildi.

Agentlikning 2011-yil 20-oktabrdagi 312-sonli buyrug‘i va 2012-yil 28-fevraldagi 50-f-sonli farmoyishiga asosan Qarshi, G‘uzor, Koson, Kasbi, Yakkabog‘, Shahrisabz, Dehqonobod, Qamashi axborot texnologiyalari kollejlariga va Qarshi hamda Koson kompyuter texnologiyalari kollejlariga tegishli viloyat aloqa korxonalari biriktirildi.

Viloyat aloqa korxonalari tomonidan soha yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 2012-yilda jami 12 mln. 44 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratish biznes rejalariga kiritildi.

«O‘zbekiston pochtasi» OAJ Qashqadaryo filiali tomonidan Qarshi axborot texnologiyalari kollejiga 1 235 500 so‘m mablag‘ ajratilib, maxsus xonaga «Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari» va «Pochta qoidalari» bandlari va pochta aloqasi sohasida foydalanilayotgan har xil turdagi blankalarni to‘ldirish namunalari keltirilgan yigirma ikki dona ko‘rgazmali bannerlar tayyorlanib jihozlandi. Bundan tashqari, kompyuter jamlanmasi, elektron tarozi berilgan hamda pochta xavfsizlik burchagi tashkil etilib, xavfli pochta jo‘natmalarini lokalizatsiya qilish uchun kerakli barcha jihozlar bilan ta’minlandi. «O‘zmobayl» filiali tomonidan mazkur soha yo‘nalishidagi 10ta kasb-hunar kollejlariga imtiyozli limit bilan ta’minlangan CDMA-450 standartidagi statsionar terminallar olib berildi. Bundan tashqari, Shahrisabz va Dehqonobod axborot texnologiyalari kollejlari tog‘li hududlarda joylashganligi sababli, ular uchun BTS’lar montaj qilib, ishga tushirilib berildi hamda CDMA-450 standartida ishlovchi AR-500 rusumli XAB (Internet xizmatlari ko‘rsatish uchun) va statsionar telefonlari berilgan. Soha tashkilotlari tomonidan jami talabalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.

Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan soha yo‘nalishidagi 4ta kasb-hunar kolleji (KHK) uchun yuborilgan L-platalar hududiy boshqarma tomonidan yetkazib berildi. Qashqadaryo viloyatlaridagi KHK’larida amaliyot o‘tish xonalari uchun aloqa korxonalari tomonidan foydalanishdan bo‘shagan, ishchi holatda turgan texnik jihozlar va asbob-uskunalar bilan ta’minlangan. Jumladan: «O‘zbektelekom» AK Qashqadaryo filiali tomonidan: PKP-4, transformator va boshqa asbob-uskunalar, «O‘zI-Qarshi» filiali tomonidan: Millivoltmetr, R-5-5, Otsilograf, PKP-3, AVU, SDVDS — bloki, BUV- bloki, shuningdek, har xil rusumdagi aloqa kabellaridan iborat stendlar, Qashqadaryo viloyati RTUM tomonidan: Radiopriyomnik IShIM003. «BRM» filiali Qashqadaryo bog‘lamasi tomonidan Kasbi axborot texnologiyalari KHK’ga ADSL modemlar, kompyuter tizim bloklari, Qamashi va Yakkabog‘ axborot texnologiyalari KHK’lariga «Kompyuter qurilmalarining ichki tuzilishi» stendlari tayyorlab topshirildi.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan joriy yilning 1-4 may kunlari TATU hamda uning filiallari miqyosida «Elektron ta’lim» tizimi orqali tashkil etilgan Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari direktorlarining «Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar yo‘nalishida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari» mavzusidagi o‘quv seminari o‘tkazildi. Mazkur o‘quv seminarda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatidan jami 18ta soha yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari rahbar xodimlari qatnashdi.

Soha yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha agentlik tizimidagi viloyat korxona va tashkilotlarida malakasini oshirish bo‘yicha hududiy boshqarma tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi, tasdiqlandi hamda joriy yil 2-maydan 6-iyunga qadar 40 dan ziyod kollej o‘qituvchilarining malakasini oshirish ishlari amalga oshirildi. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini viloyat aloqa korxonalarida o‘rnatilgan yangi texnika va texnologiyalar bilan tanishtirish va yuqori unumli ish metodlarini o‘zlashtirish maqsadida rejaga asosan sohaga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarida o‘quv-seminarlari o‘tkazilib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati soha kollejlari yo‘nalishlar bo‘yicha bitirayotgan 1553 nafar talabalardan 98 foizi bilan 3 tomonlama shartnomalar imzolangan bo‘lib, shundan Agentlik tizimidagi viloyat korxona va tashkilotlari bilan tuzilgan 3 tomonlama shartnomalar soni 112 taga yetdi. Joriy yil 9-iyun kuni TATU Qarshi filiali o‘quv binosida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarka Agentlikning viloyat hududiy boshqarmasi rahbarligida «O‘zbektelekom» AK Qashqadaryo filiali, «O‘zI» QK Qarshi filiali, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Qashqadaryo filiali, Qashqadaryo viloyati RTUM, Qashqadaryo viloyati «Matbuot tarqatuvchi» SHK, «TTT» filiali 8-bog‘lamasi, TATU Qarshi filiali, Qashqadaryo viloyati EMMX’lar bilan birga Qarshi televideniyasi va viloyatish bandlikka ko‘mak-lashuvchi Markazlari jami bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. Yarmarkada ishtirok etgan viloyat aloqa korxonalari tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari, oylik ish haqlari va ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha imtiyozlarni targ‘ib qiluvchi stendlar namoyish etildi. Yarmarkada TATU Qarshi filiali va viloyatdagi soha yo‘nalishidagi 10 ta kasb-hunar kollejlaridan 200ga yaqin bitiruvchilar rezyumelari bilan ishtirok etdilar. Yarmarka davomida 50 nafar bitiruvchilarga yo‘llanma berildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talabalari uchun «O‘zI» QK Qarshi filialiga qarashli 221-ATS binosida o‘quv amaliyot xonasi tashkil qilindi va kerakli stendlar bilan ta’minlandi.

Soha korxonalari va tashkilotlarida TATU Qarshi filiali professor-o‘qituvchilarining amaliy tajribalarini oshirish rejasi asosida joriy yilning boshidan bugungi kunga qadar «O‘zbektelekom» AK Qashqadaryo filialida, «TTT» filiali 8-bog‘lamasi, «UzI» QK Qarshi filiali, «O‘zmobayl» filiali Qarshi bog‘lamasida, Qashqadaryo RTUM korxonalarida 12 nafar professor-o‘qituvchi o‘zaro amaliy tajribalarini oshirdi.

Shu bilan birga, TATU Qarshi filialining o‘quvchilarini viloyat aloqa korxonalarida o‘rnatilgan yangi texnika va texnologiyalar bilan tanishtirish va yuqori unumli ish metodlarini o‘zlashtirish maqsadida viloyat aloqa korxona va tashkilotlari mutaxassislari tomonidan o‘quv-seminarlari o‘tkazilib borilmoqda. TATU Qarshi filialida bitiruv malakaviy ishlari va magistratura dissertatsiyalari mavzularini soha korxonalari va ishlab chiqarish muassasalari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantirish hamda ishlab chiqarish korxonalarining buyurtmalari asosida bajariladigan bitiruv ishlari sonini oshirish maqsadida bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlikka soha mutaxassislari keng jalb etildi.

Viloyat hududida, ayniqsa, qishloq joylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiyotdagi salmog‘ini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida tadbirkorlar va ishbilarmonlar, umuman keng aholi qatlamlari uchun aloqa va axborotlashtirish sohasini litsen-ziyalash masalalarini tushuntirish ishlari olib borilib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli litsenziyalar olib berildi. Bugungi kunda aloqa va axborotlashtirish agentligi litsenziyasi asosida viloyatdagi 40 dan ziyod xo‘jalik yurituvchi subyekt zamonaviy telekommunikatsiya, ma’lumotlar uzatish, Internet va boshqa xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda. Internetdan jamoaviy foydalanish shaxobchalari soni 22 tani tashkil etmoqda.

Shuningdek, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida «O‘zbektelekom» AK Qashqadaryo filiali tomonidan 2011-yilda Kitob, Shahrisabz va Qarshi tumanlarida hamda «UzI» QK Qarshi filiali tomonidan Qarshi shahrida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Yagona oyna» markazlari ishga tushirildi. «Yagona oyna» markazlari orqali mijozlarga simli telefon aloqasi, Uzmobile-CDMA-450 standartidagi mobil aloqa va mobil Internet xizmatlari, Uzonline-yuqori tezlikdagi Internet xizmatlari hamda raqamli televideniya xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

2012-yilning oxirigacha viloyatning Qamashi, Yakkabog‘, Chiroqchi, Koson, Muborak, Kasbi va Nishon tumanlarida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Yagona oyna» markazlari ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirda binolarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq