“Bilayn” Markaziy ofisining yangilangan savdo va xizmat ko‘rsatish zali ilk tashrifchilarni qabul qildi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) kompaniyaning Markaziy ofisida yangilangan savdo va xizmat ko‘rsatish zalini ochdi. Minglab mijozlar keng xona, zamonaviy dizayn, eng yangi uskuna va qulay intererlarni baholashga ulgurdilar.

“Biz ushbu yangi zalni kelajak ofisi deb ataymiz, – qayd qildi Unitelning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Abay Kolanov. – Mubolag‘asiz aytishim mumkin, bu, ehtimol, mobil operatorining O‘zbekistondagi eng yaxshi savdo ofisidir. Biz abonentlarimiz qulayligi uchun barcha sharoitlarni yaratmoqdamiz, shuning uchun ushbu faoliyat davom ettiriladi va kengaytiriladi”.

Yangilangan ofisda STATUS mijozlariga xizmat ko‘rsatishga maxsus zona mo‘ljallangan, shuningdek “Bilayn” mobil va simli Interneti uchun namoyish maydoni tashkil qilingan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system