«O‘zbektelekom» Aksiyadorlik Kompaniyasi Andijon, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari bo‘yicha «O‘zMobayl» filiali mintaqaviy Agentlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov ishtirokchisiga asosiy talablar
1. yuridik shaxs mavqei mavjudligining majburiyligi;
2. savdo tarmog‘ini boshqarishda kamida 3 yillik ish tajribasiga egalik (telekommunikatsiya va FMCG sohasida ish tajribasiga egaligi hisobga olinadi).

3. talabga javob beradigan xususiy savdo ofisi mavjudligi:
3.1. o‘tish oson bo‘lgan shahar(viloyat markazi)ning ish yuritish qismida joylashganligi;
3.2. savdo zali maydonining 36 kv. metrdan kam bo‘lmaganligi;
3.3. operatorlar uchun zamonaviy ofis mebeli va orgtexnika bilan jihozlangan, kamida 2 ish o‘rnining mavjudligi;
3.4. mintaqaviy «O‘zMobayl» vakili va kassir uchun xona;
3.5. terminal uskunalar va reklam uchun omborxonalar.
3.6. avtotransportni to‘xtash joylarining mavjudligi.
4. Savdo ofisi hududida terminal uskunasi savdosini, terminal uskunani ta’mirlash imkoniyatini tashkil etish.
5. Mintaqa tomonidan har bir tuman markazida savdo ofislarini ochish yo‘li bilan (xususiy/ijaraga olingan) xususiy savdo tarmog‘ini kengaytirish imkoniyati.
6. Mintaqa agentiga biriktirilgan oyiga 1000 donadan kam bo‘lmagan terminal CDMA-450 uskunalarining savdosini o‘z xususiy mablag‘lari evaziga ta’minlash va tashkil etish.

Shuningdek, tanlov ishtirokchilari quyidagi axborotlarni taqdim etishlari zarur:
1. Savdo ofislarida operatorlar soni;
2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvda savdo vakillarining soni;
3. Savdo jamoasida shtatlar ko‘payishi bo‘yicha reja-jadval;
4. 2012-2013yillarda savdo rivoji biznes-rejasi;
5. Mintaqaga tasarrufidagi Soliq inspektsiyasi tomonidan tasdiqlangan oxirggi hisobot davri uchun balans-hisobot.

Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar tomonidan arizalar quyidagi: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 24, 621-xona yoki s.tokhtabaev@uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish muddati 2012-yil 21.08. soat 18:00 gacha.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun «O‘zbektelekom» AK Biznes, savdo va mahsulotlar xizmatlarini rivojlantirish Departamentiga murojaat eting.

Telefonlar:8(371) 239-2331, 8(371) 239-2335, 8(371) 234-0471.

Orphus system