Butun O‘zbekiston bo‘ylab “Bilayn” ofislari shanba kuni soat 08:00 dan 22:00 ga qadar ishlaydi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) butun mamlakat bo‘ylab kompaniya savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari 4 avgust shanba kuni soat 08:00 dan 22:00 ga qadar ishlashini xabar beradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Abay Kolanov shunday dedi: “Operatorlarimiz abonentlarni shanba kuni ertalab soat 8 dan kech soat 10 ga qadar qabul qilishga tayyor va men ishonmanki, ushbu vaqt ichida dam olish kunlari ulanishni istaganlarning mutlaq katta qismiga xizmat ko‘rsata olamiz. Aytgancha, dushanba kuni Markaziy ofining savdo va xizmat ko‘rsatish zali ochiladi, u yerda aprel oyidan buyon ta’mirlash ishlari olib borildi. “Bilayn” mijozlarini yangilangan ofisda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!”

Eslatib o‘tamiz, respublika bo‘ylab kompaniyaning ko‘plab dilerlik salonlari 5 avgust yakshanba kuni ham ishini davom ettiradi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system