“Bilayn” va Samsung 3-5 avgust kunlari Akvaparkda GALAXY S III taqdimotini o‘tkazadilar

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) va Samsung 3, 4 va 5 avgust kunlari STATUS va Samsung GALAXY S III ko‘magida dam olish shousini o‘tkazishi haqida e’lon qiladi. Juma kunidan yakshanba kuniga qadar poytaxtdagi Akvaparkda bayram mehmonlarini sovg‘alar o‘ynaladigan, tanlovlar, viktorinalar va raqslar o‘tkaziladigan qiziqarli dastur kutmoqda.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchlik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Bilayn” O‘zbekiston operatorlari ichida GALAXY S III ni sotishni boshladi va ushbu dam olish kunlari Akvapark tashrifchilari dunyodagi eng yaxshi smartfonning afzalliklarini to‘la baholay oladilar. Hech qanday tantanali taqdimot rejalashtirilmagan: biz faqatgina bir dunyo xursandchilikni va ham STATUS tarifi abonentlari, ham Angry Birds muxlislari uchun istalgan diddagi huzurni va’da qilamiz”.

Eslatib o‘tamiz, Samsung GALAXY S III uchinchi avlod smartfonlari savdosi “Bilayn” ofislarida 21 iyul kuni boshlangan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system