Beeline Business avgust oyining oxiriga qadar “Biznes Erkinlik” tarifi shartlarini o‘zgartiradi va uning abonentlariga 500 SMS dan sovg‘a qiladi
01.08.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Beeline Business (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Biznes Erkinlik” tarif rejasi shartnlarida vaqtinchalik o‘zgarishlar haqida xabar beradi. 2012 yil 1 avgustdan 31 avgustga qadar oldindan to‘lov tizimi abonentlari uchun tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar limiti oyiga 1000 daqiqani, prepaid-platforma abonentlari uchun esa – 500 daqiqani tashkil etadi.

“Keyingi kunlarda biz jiddiy nagruzkalarga duch keldik va hozirda bizning bosh vazifamiz – tarmoqning uzluksiz ishlashi, – dedi Unitelning Korporativ biznesini rivojlantirish bo‘yicha Tijorat direktori Erkin Achildiev. – Stansiya sig‘imlarining oshishi va IT-tizimlarning kuchayishi munosabati bilan kanallarni tezkorlik bilan kengaytirilishi ham ma’lum vaqtni talab qiladi, hatto. Shuning uchun avgustda tarif shartlarini to‘g‘rilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Korporativ mijozlarimiz buni tushunishlariga ishonaman, chunki ham ular, ham biz uchun xizmat ko‘rsatish sifati ustuvor vazifa bo‘lib qoladi”.

“Biznes Erkinlik” tarif rejasining barcha abonentlariga 1 avgustdan 31 avgustga qadar O‘zbekiston bo‘ylab 500 ta bepul SMS taqdim etildi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Millionlab odamlar o‘z tanishlarini raqam o‘zgargani haqida xabardor qilishlari kerakligini tushunamiz. Kompaniya tomonidan ommaviy bozorda tegishli choralar ko‘rildi, biroq Beeline Business abonentlari ham chetda qolib ketishlari kerak emas. Shuning uchun “Biznes Erkinlik” tarifi foydalanuvchilari yozning oxiriga qadar 500 ta SMSdan oladilar”.

Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq