«Ucell» kompaniyasi ISO 9001:2008 standartiga muvofiq faoliyatini yana bir bor tasdiqladi

1998-yilda xalqaro avtomatlashtirilgan rouming xizmatini yo‘lga qo‘ygan «COSCOM» kompaniyasi innovatsiyalar, boshqaruv sifatini doimiy ravishda olib borish siyosatini davom ettirmoqda. 2002-yilda kompaniya abonentlari dunyoning 100 dan ortiq tarmoq qoplamalariga ega rouming tizimidan foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar. 2004-yildan boshlab kompaniya O‘zbekistonda prepaid tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ISO 9001-2000 xalqaro sertifikatga ega bo‘lish orqali innovatsiya va sifat sohasida yetakchi o‘ringa chiqib oldi.

«2008-yilning iyun oyida yangi «Ucell» brendining O‘zbekiston bozorlarida paydo bo‘lishi bilan kompaniyaning ustuvor rivojlanish yo‘nalishlari o‘zgargani yo‘q, – deydi «Ucell» kompaniyasining korporativ aloqalar departamenti rahbari Davron Azizov. –Kompaniyamiz hamkorlar hamda abonentlar ko‘z o‘ngida a’lo sifatli xizmatlar hamda yuqori darajadagi menejment bilan mustahkamlangan ishonchlilik ifodasidir».

Bular nafaqat so‘zda, balki amalda ham o‘z ifodasini topmoqda. Kuni kecha «Russian Register» Xalqaro assotsiatsiyaning kvalifikatsiya komissiyasi tomonidan «International Certification Network» (IQNet), «International Certification Register» (IAF), Milliy sertifikatlashtirish tizimidagi (NSC Uz) ISO 9001:2008 xalqaro sifat sertifikati tasdiqlandi hamda muddati uzaytirildi. Audit natijalari ko‘rsatishicha o‘rnatilgan tarlablarga muvofiq bo‘lmagan biror holat aniqlanmagan. Shu sababli ham «Ucell» kompaniyada joriy etilgan sifat menejmenti tizimini jiddiy talablar qo‘yilgan xalqaro standartlarga muvofiqligini namoyish eta oldi.

«Ucell» innovatsiyalar va yuqori sifatli xizmatlarga bo‘lgan o‘z intilishlarini yana bir bor tasdiqlay oldi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system