1 avgustdan “Bilayn” ofislari 08:00 dan oxirgi mijozga qadar ish rejimini tiklaydilar
31.07.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari uzaytirilgan ish tartibiga o‘tkazilganligi haqida xabar beradi. 1 avgustdan kompaniyaning butun mamlakat bo‘ylab o‘z va eksklyuziv dilerlik salonlari 08:00 dan oxirgi mijozga qadar ishlaydi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Bilayn” tarmog‘iga yangi ulanishlar o‘sishi sur’atlari yanada oshdi, shuning uchun biz butun O‘zbekiston bo‘ylab “oxirgi mijozga qadar” ish rejimiga qaytmoqdamiz. Texnik mutaxassislarimiz jiddiy nagruzkalar sharoitida tarmoqning barqaror faoliyatini ushlab turmoqdalar va biz odamlarga aloqada qolishlarida yordam berishga tayyormiz”.

“Bilayn” markaziy ofisida savdo va xizmat ko‘rsatish zalidan tashqari binoga kirishda o‘rnatilgan peshtaxtalarda qo‘shimcha ulanish ishlari amalga oshirilmoqda.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq