“Ucell” muhim kontaktlarni tiklashga yordam beradi

“Ucell” mobil aloqa operatori keyingi paytlarda telefon raqamlarini o‘zgartirgan va shu munosabat bilan muhim kontakt ma’lumotlarini tiklashda qiyinchilikka uchragan abonentlar, “Zava Mobile” MCHJ provayderi bilan hamkorlikda taklif etilayotgan, zarur raqamni oson va tez bilib olish imkonidan foydalanishlari mumkinligi haqida xabar beradi.

Buning uchun 5055 qisqa raqamiga #998VVAAAAAAA shaklida tanishingizning (hamkasb, do‘st va shu kabi) eski raqami bilan SMS-xabar jo‘natishingizning o‘zi kifoya. Javobga siz izlayotgan odamning yangi raqami haqida SMS-xabar olasiz.

Agarda o‘zingiz raqamingizni o‘zgartirgan bo‘lib, o‘zingizni topish imkonini bermoqchi bo‘lsangiz, yangi raqamingizdan 5055 qisqa raqamiga 998VVAAAAAAA shaklida eski raqamingiz bilan SMS-xabar jo‘nating. Javob sifatida siz eski raqamingiz ma’lumotlar bazasida muvaffaqiyatli saqlangani haqida SMS-xabar olasiz.

5055 raqamiga 1 (bitta) chiquvchi SMS-xabarning narxi – $0,3;

5055 raqamidan 1 (bitta) kiruvchi SMS-xabarning narxi – $0.

Xizmat “Ucell”ning barcha abonentlari uchun amal qiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system