“XXX Yozgi olimpiya o’yinlari. London” nomli pochta markalari muomalaga chiqarildi

O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining buyrug’iga muvofiq, 2012 yil 27 iyuldan “XXX Yozgi olimpiya o’yinlari. London” nomli yangi pochta markalari muomalaga chiqarildi.

Sport turlaridan biri – velosportga bag’ishlangan markada velosipedchilar musobaqa payti tasvirlangan. Markaning o’ng pastki burchagida O’zbekiston milliy olimpiya qo’mitasining logotipi joylashtirilgan, pastki qismida “XXX YOZGI OLIMPIADA O’YINLARI. LONDON” deb yozilgan.

Londonda o’tkaziladigan XXX Yozgi olimpiyadada o’zbekistonliklar sportning badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, trampolin, velosport, suzish, yengil atletika, og‘ir atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, boks, dzyudo, taekvondo, erkin va yunon-rum kurashi, tennis, qilichbozlik, o‘q otish kabi mamlakatimiz sharafini himoya qiladilar.

Orphus system