“Ucell”: “Dilerlik tarmog‘ining ijobiy rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”

“Ucell”mobil aloqasi operatori tadbir tashkillashtirdi. Uning ishtirokchilari kompaniyaning O‘zbekistondagi dilerlaridan iborat bo‘ldi.

Keyingi oyda bo‘lib o‘tgan voqealar nafaqat kompaniya xodimlarining kasbiy mahorati bo‘yicha, balki uning rasmiy dilerlari uchun ham jiddiy sinov bo‘ldi. 2008-yilda kompaniya dilerlik shaxobchalarining soni 365 tani tashkil etgan, 2012-yilda esa ular 2500 taga yetdi. “Ucell” ularning kompaniya biznesining rivojiga qo‘shgan hissasini qadrlaydi, shuning uchun tadbirning eng asosiy mavzularidan biri dilerlar uchun yangi rag‘batlantiruvchi dasturlar taqdimoti bo‘ldi.

Biz dilerlik punktlarining ham poytaxtda, ham viloyatlarda faoliyatini qo‘shimcha rag‘batlantirishga katta e’tibor qaratmoqdamiz, – deydi “Ucell”ning Savdo bo‘yicha departamenti direktori Elchin Jabarov. – Birinchi navbatda, dilerlarimizni qulay texnik jihozlar bilan ta’minlashga, xususan, “chiroyli” raqamlarni xarid qilishda qulaylik yaratish uchun yagona baza bilan ta’minlashga harakat qilmoqdamiz. Hamkorlarimiz bizning umumiy ishimizga qo‘shgan hissalari e’tiborsiz qolmasligiga ishonishlari mumkin. Ular uchun maxsus holda tez-tez “Yilning eng yaxshi dileri” tanlovini, tajriba almashish uchun xorijiy davlatlarga safarlarni tashkil etib turamiz. Ular juda muhim maqsadlar – jamoa ruhini va kompaniya bilan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan. Joriy yil ushbu ma’noda alohida yil bo‘ladi. Biz hatto kompaniyaning eng yaxshi dilerlari uchun bir nechta sovg‘alarni tayyorlab qo‘yganmiz, bu qanday sovg‘a ekanligi esa – hozircha sir.

Tadbir davomida uning ishtirokchilari mobil aloqa operatori barcha bo‘linmalarining 2012-yilning birinchi yarmidagi faoliyati natijalarini muhokama etdilar, kompaniyaning “Ucell” dilerlik tarmog‘ini O‘zbekiston bo‘ylab kengaytirish bo‘yicha rejalaridan voqif bo‘ladilar, fors-major vaziyatlardan qanday yo‘l tutish kerakligi haqidagi tavsiyalar bilan tanishdilar. Istalgan, hatto eng g‘ayrioddiy va qiyin vaziyatlarda harakat qilishni bilish – shu kabi sifatlar bilan jahonga mashhur “TeliaSonera” kompaniyasi an’anaviy tarzda shuhrat qozonib kelmoqda va kompaniya mutaxassislari o‘zining shu tajribasini hamkorlar bilan almashishga doimo tayyor. Ishonchlilik va professionalizm – “TeliaSonera”ning barcha bo‘linmalari faoliyatining bosh mezonidir.

“TeliaSonera” O‘zbekistonga haqiqatan ham uzoq vaqtga kelgan. Mamlakat Prezidenti va Hukumati tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga muvofiq, “Ucell” xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mamlakat ishbilarmonlari va oddiy fuqarolarini eng zamonaviy aloqa texnologiyalari bilan ta’minlash uchun har tomonlama hissa qo‘shishga tayyor. Aloqaning yuqori standartlari va xizmat ko‘rsatishning ilg‘or metodlari – “Ucell” aynan shu jihatlarni o‘z hamkorlari va abonentlariga taklif etishga intilmoqda.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system