“Bilayn” Turkmanistonda xalqaro rouming xizmatini tikladi
25.07.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Turkmanistonda xalqaro ovozli rouming xizmati tiklanganligi haqida xabar beradi. Endilikda ushub xizmat Altyn Asr operatori tarmog‘ida amal qiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Texnik direktori Denis Kotlyarenko quyidagilarni qayd qildi: “Allaqancha vaqt bizga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli xalqaro rouming xizmatlari “Bilayn” abonentlari Turkmanistonga qilgan safarlari paytida amal qilmadi. Yaqinda Altyn Asr bilan bitim tuzishga erishdik va hozirgi paytda u kuchga kirgan”.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn” butun jahon bo‘ylab rouming-hamkorlar soni bo‘yicha O‘zbekistonda 1 raqamli operator hisoblanadi. “Bilayn” roumingining tarif zonalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq