UCG Beeline 2012 Chempionati: ilk bor Nukusda!

Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati tarixida birinchi marta Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida O‘zbekiston Chempionati Uzbekistan Cyber Games Beeline 2012 mintaqaviy saralash turnirlari o‘tkaziladi. Mazkur shaharda Qoraqalpog‘iston Resvpublikasi va Xorazm viloyatidan e-sportchilar milliy finalga yo‘llanma olish uchun musobaqalashadilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan iyun-avgust oylarida Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati Uzbekistan Cyber Games Beeline 2012 mintaqaviy saralash turnirlari o‘tkazilmoqda. Tashkilotchilar: Fond Forum, «Kelajak ovozi» Yoshlar tashabbuslari markazi va infoCOM.UZ jurnalidir. Bosh homiy «Bilayn».

Chempionat 23-iyun kuni Buxoro shahrida muvaffaqiyat bilan start oldi, 24-iyun kuni Buxoro shahrida Buxoro va Navoiy viloyati geymerlari mintaqaviy turniri yorqin va qiziqarli o‘tkazildi. Samarqand chempionatni davom ettirdi va 1-iyul kuni mamlakatimiz chempionatining navbatdagi mintaqaviy bosqichi Samarqand va Jizzax viloyati geymerining bellashuvi Samarqand iqtisod va servis instituti Akademik litseyida o‘tkazildi. Farg‘ona vodiysi geymerlari 8-iyul kuni milliy finalga yo‘llanma uchun musobaqalashdilar. 15-iyul kuni esa Qarshida O‘zbekistonning eng janubiy mintaqalaridan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari esportchilari mintaqaviy turniri o‘tkazildi.

Chempionat ikki bosqichda o‘tkaziladi. Iyun-iyul oylari mobaynida Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Qarshi, Nukus va Toshkent shaharlarida mintaqaviy saralash turnirlari o‘tkaziladi. Mintaqalardagi eng kuchli esportchilar aniqlanganidan so‘ng 11-avgust kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida UCG Beeline 2012 chempionatining milliy final o‘yinlari, 12-avgust kuni esa – g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Birinchi marta mintaqaviy turnirni bevosita Nukusda o‘tkazish imkoniga ega bo‘layotganimiz uchun «Bilayn»dan behad minnatdorman. O‘tgan yillarda geymerlar yuzlar kilometr yo‘l bosib, Buxoro yoki Toshkentga borishga majbur bo‘lganlar. Bu yilgi tadbir esa mazkur mintaqadagi geymerlar uchun katta sovg‘a bo‘ldi, – deydi chempionat tashkiliy qo‘mitasi rahbari, Aleksandr Suchkov. – 22-iyul kuni «Qirq qiz» majmuasida eng zamonaviy kompyuterlarda jahondagi eng ommaviy FIFA va Counter Strike 1.6. o‘yinlari bo‘yicha mintaqaviy final o‘tkaziladi. Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati geymerlari musobaqalashadilar. Mintaqaviy saralash turniri g‘oliblari «Bilayn» sovrinlari bilan taqdirlanadilar, birinchi o‘rinni egallaganlar esa 11-avgust kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan milliy final o‘yinlarida ishtirok etadilar».

Hodisani sharhlar ekan, «Bilayn» G‘arbiy mintaqaviy filiali Direktori Refat Nizamutdinov shugday dedi: «G‘arbiy filiali – bu «Bilayn»ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini qamrab olgan, O‘zbekistondagi hududlar bo‘yicha eng yirik klasteridir. Biz bu yil Uzbekistan Cyber Games birinchi marta mintaqaviy turnir Nukusda o‘tkazishidan juda xursandmiz, ishonamizki, bu katta yo‘l oldidan qo‘yilayotgan dastlabki qadamdir. «Bilayn» Qoraqalpog‘iston bozorida yetakchi deb tan olingan, katta mintaqamizni axborotlashtirish uchun ko‘pgina ishlarni amalga oshirmoqda, kompyuter o‘yinlari bo‘yicha milliy chempionatni qo‘llab-quvvatlash esa mazkur dasturning bir qismidir».

Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha UCG O‘zbekiston chempionati 10 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Milliy chempionat g‘oliblari AQSh, Singapur, Italiya va Germaniyada o‘tkazilgan WCG Jahon Chempionatlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildilar. 2007-yil Makaoda bo‘lib o‘tgan va 2009-yil Vyetnamda Yopiq binoda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlari(AIG) da erishilgan kumush medallar mamlakatimiz e-sportchilarining yuksak yutug‘idir. Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati UCG Beeline 2012 natijalariga ko‘ra navbatdagi Jahon chempionati WCG 2012 va 2013-yilda Janubiy Koreyada yopiq binolarda o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasini shakllantirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

«Bilayn» o‘yinlar serveri http://games.beeline.uz/.

Orphus system