Dmitriy Grigoryev “Bilayn”ning Tijorat direktori etib tayinlandi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Dmitriy Grigoryevni Unitelning Tijorat direktori lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. U bu lavozimda Marat Serikovni o‘rnini egalladi.

Dmitriy Grigoryev “VimpelKom”dagi faoliyatini 2009 yil yanvarda Tojikistonda “Bilayn” Tijaorat direktori lavozimida boshlagan, 2010 yil aprel oyida esa butun MDH biznes-birligi darajasida ommaviy bozor savdosi vazifasini boshqarishga taklif etilgan.

“Dmitriy savdo tizimida kuchli boshqaruv mahorati va jiddiy tajribaga ega, – deydi Unitel MCHJning Bosh direktori Andrey Safronyuk. – Ham lokal bozorlarda, ham MDH biznes-birligining shtab-kvartirasida to‘plagan bilimlari, shubhasiz, O‘zbekistonda keng qo‘llaniladi. Ilg‘or rivojlanayotgan biznes ko‘lamlari o‘sish uchun katta imkoniyatlarni ochmoqda va ishonamanki, Dmitriy ulardan to‘liq foydalana oladi”.

Yangi Tijorat direktorining vazifalariga ham ommaviy bozorda, ham biznes-segmentda biznesni rivojlantirish kiradi.

Dmitriy Grigoryev: “O‘zimning asosiy vazifalarimdan biri sifatida oddiy va arzon takliflarni yo‘lga qo‘yishni ko‘rmoqdaman, ular raqobatli bozor sharoitlarida iste’molchilarni qiziqtira oladi. Bundan tashqari, internet-texnologiyalarni rivojlantirish 3G, optik tolali tarmoqlar va hatto LTE asosida yuqori texnologiyali xizmatlarni joriy qilish uchun keng istiqbollarni ochadi. Ishonamanki, servisning yangi darajasiga chiqish “Bilayn” pozisiyasini ham ommaviy bozorda, ham B2B da kuchayishiga xizmat qiladi”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system