“Bilayn” o‘z abonentlariga Facebook ga kirishni bepul qildi
24.07.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 0.facebook.com xizmati ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Ushbu xizmat kompaniya abonentlariga mobil telefonlaridan Facebook tarmog‘ida mutlaqo bepul muloqot qilish imkonini beradi.

“Yangi servis alohida ulanishni talab qilmaydi, – qayd qildi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar ximati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Bundan tashqari: xizmatdan foydalanish uchun maxsus ilovalarni yuklab olish kerak emas – telefonning standart web-brauzeri qatorida 0.facebook.com deb yozishning o‘zi kifoya. Bu Facebookning yengillashtirilgan versiyasi va u aynan keyingi kunlarda tarmoqdagi jiddiy nagruzkalar sharoitida dolzarb hisoblanadi”.

Xizmatdan foydalanish uchun manzillar qatorida quyidagi manzillardan birini terish lozim:
0.facebook.com
O.facebook.com
o.facebook.com
zero.facebook.com

Internet-trafik 0.facebook.com ichida tarifikatsiya qilinmaydi. 0.facebook.com portali Opera Mini brauzeri orqali kirish uchun yopiq. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq