“Ucell” abonentlar uchun to‘lovning minimal qiymati bo‘yicha shartlar qo‘ymaganligini e’lon qildi

“Ucell” savdo belgisi ostida mobil xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Coscom” XK MCHJ kompaniya o‘z abonentlariga hisobni to‘ldirishning minimal summasini o‘rnatmaganligini xabar berdi.

Kompaniya abonentlarining xabarlariga ko‘ra, “Paynet” to‘lov shahobchalarining xodimlari ulardan hisobni to‘ldirish uchun 3 ming so‘m miqdorida minimal to‘lovni talab qilganlar.

Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Davron Azizov “Ucell” abonentlar hisoblarni to‘ldirish bo‘yicha minimal summa to‘g‘risida shartlar joriy qilmaganligini qayd qilmoqda.

“Ucell” abonentlari ilgaridagidek hisoblarni istalgan summaga to‘ldirishlari mumkin, – qayd qiladi Davron Azizov. – Kompaniyamiz abonentlarning to‘lov shahobchalarining ayrim xodimlarining asossiz talablari to‘g‘risidagi xabardariga tezkorlik bilan javob qaytarib, yaqin kunlarda “Paynet” bilan mazkur holatni hal qilishga harakat qiladi. Biz mijozlarimizga “Ucell”ning ushbu talablarga hech qanday aloqasi yo’qligi haqida xabar beruvchi rasmiy tarqatmalarni jo‘natdik. Abonentlar 180-00-00 telefoni bo‘yicha yoki kompaniyaning rasmiy saytida keltirilgan kompaniya ofislariga murojaat etishlari mumkin” (http://ucell.uz/ru/useful_info/how_to_find_us/ucell_in_tashkent).

“Ucell” ishchilari va savdo vakillari reydlar o‘tkazib, to‘lov shartlarini buzayotganlarni aniqlamoqdalar. Ular “Paynet” operatorlari bo‘lib chiqqan hollarda, ular haqida to‘lov tizimi rahbariyatiga rasmiy murojaat etmoqdamiz. Agarda qoidabuzarliklarga “Ucell” dilerlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, u holda kompaniya qattiq choralarni, hatto jarimagacha qo‘llamoqda va kelajakda bunday holatlarni oldini olish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rmoqda.

Kompaniya, shuningdek, davlat organlari, xususan Respublika Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasi bilan iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarini aniqlash maqsadida hamkorlik qilishga tayyor.

“Ucell” abonentlarni o‘z huquqlarini himoya qilishga barcha to‘lov shartlari buzilishi holatlari haqida aniq faktlar va ushbu shahobchalarni manzillarini ko’rsatgan holda xabar berishga chaqiradi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system