“Bilayn”ning butun mamlakat bo‘ylab ofislari 21-22 iyul shanba va yakshanba kunlari 08:00 dan oxirgi mijozga qadar ishlaydi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) kompaniyaning butun O‘zbekiston bo‘ylab savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari 21 va 22 iyul kunlari “oxirgi mijozga qadar” rejimida faoliyatini davom ettiradi.

“Keyingi kunlarda “Bilayn”ning ham insoniy, ham tizimili zaxiralari to‘liq safarbar etilgan, shuningdek qo‘shimcha resurslar jalb etilgan, – deydi Unitelning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Abay Kolanov. – Har kuni ham savdo ofislari, ham ko‘pchilik qo‘shimcha shahobchalar 08:00 dan ochilib, ko‘pincha kechgacha ishlamoqda. Yaqin shanba va yakshanba kunlari ham xuddi shu rejimda ishlaymiz”.

Eslatib o‘tamiz, SIM-karta va raqam sig‘imlarining qo‘shimcha hajmlaridan tashqari “Bilayn” o‘z ofsilarida ekspress-to‘lov kartalari zaxiralarini ham to‘ldirdi. Ushbu kartalarni sotish bo‘yicha alohida kisokalar va ma’lumot punktlari tashkil qilingan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system