Ucell: “Biz abonentlarning xavfsizligi va qulayligi uchun barcha sharoitlarni yaratmoqdamiz”
19.07.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Ucell savdo belgisi ostida mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi “COSCOM” XK MCHJ ulanishni istaganlarning soni keskin o‘sishi munosabati bilan barcha savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari bo‘yicha ishlarni tashkillashtirgani va taqsimlagani haqida xabar beradi.

Kecha kompaniyaning o‘z ofislari uzaytirilgan rejimda ishlashni boshladi va abonentlarni kech soat 02:30 gacha, oxirgi mijozgacha qabul qildilar.

Ucellga ulanishni istovchilarning abonentlarga xizmat ko‘rsatish va dilerlik shahobchalari oldidagi oqimi uzaymoqda. Ushbu shiddatli davrda Ucellning barcha departamentlarining xodimlari mijozlarni qo‘llab-quvvatlashga va ulanish jarayonini yengillashtirishga harakat qilishmoqda, — voqeani sharhlaydi Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati departamenti rahbari Davron Azizov. – Har bir abonent haqida qayg‘urish Ucellning bosh kredosi hisoblanadi va kompaniya O‘zbekiston aholisi, asosan abonentlarimiz qarindoshlari va yaqinlari bilan aloqada qolishalri uchun bor imkoniyatni ishga solmoqdalar.

Ushbu maqsadlarda Ucell Markazi Ofisi oldida (Kompaniyaning bosh ofisi) tez orada quyoshdan asrash uchun chorqirra va soyabonlar, sovuq suvli kulerlar, Ucell xodimlari barcha mavjud va potensial abonentlarga kerakli axborotni taqdim etayotgan ma’lumot punktlari o‘rnatildi.

Abonentlarga aniq ma’lumotlar berish uchun kompaniyaning bosh ofsilari tepasida kompaniyaning o‘z ofislari 24:00 va undan kechgacha va zarur hollarda oxirgi mijozgacha ishlayotganligini ma’lum qiluvchi bannerlar osilgan.

Shu ikki kunda ulanishlar soni juda ko‘p. Mutaxassislarimiz hisob olib bormoqdalar va oy yakunlari bo‘yicha biz aniq raqamlarni e’lon qila olamiz. Hozircha ulanishlar oqimi kattaligi aytish mumkin va Ucell billing tizimi migratsiyasining o‘z vaqtida yakunlanishi bizga uzilishlarsiz ishlash imkonini berdi. Tarmoqqa bo‘lgan nagruzka katta, biroq biz har abonent haqida qayg‘uramiz va aloqa uzilmasiligi uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz, — qayd qiladi Davron Azizov.

Ucell Abonentlarga bo’lgan e’tiborni ko‘rsatish uchun Ucell maxsus belgisiga ega, barcha zarur texnika va internet-ulanish bilan jihozlangan maxsus mashinalarda viloyatlarga chiqadigan mobil dilerlar jamoasini tashkillashtirishga qaror qildi. Ular mamlakatning uzoq chekkalaridagi kompaniyaning statsionar ofislari va dilerlik punktlari bo‘lmagan tumanlarida joylashgan abonentlarni aloqa xizmatiga ulaydilar.

Mobil dilerlar – bu kompaniyaning respublikamizning barcha chekkalaridagi murakkab vazifalarni yechishga bo‘lgan innovatsion yondashuvi. Mashinalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilgan holda, barcha qoidalar bo‘yicha ulanishlari uchun markaz bilan aloqa qilish uskunalari bilan jihozlangan, — qo‘shimcha qildi Davron Azizov.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq