“Bilayn” tarmoq faoliyati haqida xabar beradi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) tarmoqning 17-18 iyul kunlaridagi faoliyati haida xabar beradi. Shu kunlarda kompaniya tarmog‘ida o‘rta sutkalik ovoz trafigi bir yarim baravardan ortiqqa o‘sdi. Uskunalarni o‘ta yuqori nagruzkalarga tayyorlash bo‘yicha tadbirlar uni faoliyat davomida jiddiy uzilishlarsiz ishloviga imkon berdi.

“Mutaxassislarimiz tarmoqni maqbullashtirish ustida sutkalik rejimda ish olib bormoqdalar, – deydi Unitel MCHJ Texnik direktori Denis Kotlyarenko. – Hozirgi paytda doimiy ravishda kuzatilayotgan trafikning o‘sishi odatda uch soatdan ortiq davom etmaydigan yangi yildagi eng yuqori ko‘rsatkichlar bilan to‘liq taqqoslana olinadi. Demak, bizda bu kabi sharoitlarda ish tajribamiz bor va biz qator tadbirlar hozirgi nagruzkalarni yengishiga umid qilmoqdamiz”.

Tizimlarni o‘ta yuklanishini pasaytirish maqsadida, “Bilayn”ning ba’zi servislarining faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan, ular qatorida “Ishonchli to‘lov” va “Avto to‘lov”. Shu bilan birga kompaniya ofislariga ekspress-to‘lov kartalarining qo‘shimcha partiyalari keldi. Ular qo‘shimcha komissiyasiz balansni darhol to‘ldirish imkonini beradi.

Tarmoq faoliyatini sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Bunchalik qisqa muddat ichida abonent bazasining keskin o‘sishi ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga ta’sir ko‘rsatmay iloji yo‘q va biz qisqa muddatli uzilishlar va vaqtinchalik qulaysizliklarga uchragan mijozlardan uzr so‘raymiz. Biz odamlar aloqada qolishlariga ko‘maklashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solmoqdamiz”.

Asosiy xizmatlar sifatini saqlab qolish maqsadida 21 iyuldan “O! Bonus!” va “Barchasi oddiy! Bonus!” aksiyalari, shuningdek Beeline Club bonus dasturining daqiqalar, Internet va “oltin” raqamlarga almashtirish vaqtinchalik to‘xtatiladi. 27 iyuldan 2010 yil 29 noyabrda boshlangan “USB-bonus” aksiyasi bo‘yicha bonusli Megabaytlarni qo‘shish ham vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bunda 27 iyuldan boshlab “Allo!” va “Allo! 1 so‘m!” tariflarida tarmoq ichidagi so‘zlashuvlarning narxi ikkinchi daqiqadan so‘ng daqiqasi uchun 44 so‘mni tashkil qiladi. “Xit” va “Yangi xit” tarif rejalari abonentlariga haftasiga 300 tarmoq ichida bepul daqiqalar taqdim etiladi.

Unitelning Marketing xizmati rahbari Marina Ovsyannikova: “Barcha ushbu choralar vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lib, mijozlarning jiddiy ravishda o‘sgan soniga uzluksiz aloqa xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Albatta, yuqori darjadagi nagruzkalar pasayganidan keyin, barcha to‘xtatilgan aksiyalar tegishli muddatga uzaytiriladi va biz ilgari o‘z zimmamizga olgan barcha majburiyatlarimizni bajaramiz. Beeline Club ishtirokchilariga kelsak, ularning barcha ballari saqlanadi, bundan tashqari – ular to‘plashda davom etib, keyinchalik o‘z xohishlariga ko‘ra almashtirishlari mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn”ning butun mamlakat bo‘ylab o‘z ofislari va eksklyuziv salonlari “oxirgi mijozga qadar” faoliyat rejimiga o‘tkazilgan: ularning ko‘pchiligi abonentlarni ulab, ularga xizmat ko‘rsatgan holda yarim kechadan keyin yopilmoqda. “Bilayn”ning Markaziy ofisi oldida qo‘shimcha ulanish va ekspress-to‘lov kartalarini sotish punktlari o‘rnatilgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system