“Bilayn” firibgarlik holatlari bo‘yicha ogohlantiradi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) abonentlarni to‘lovlarni qabul qilish joylarida balansni to‘ldirishda firibgarlik holatlari haqida ogohlantiradi. Keyingi kunlarda mazkur punktlarning alohida xodimlarining terminali orqali abonent hisoblariga mablag‘larni kiritishda insofsiz harakatlari bilan bog‘liq holatlar ko‘p uchramoqda.

Vaziyatni sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Albatta, “Bilayn” ofislarida bu kabi holatlar yuz bermaydi. Biroq hozir, ulanishlar soni o‘sayotgan bir paytda aloqa xizmatlariga to‘layotgan mijozlarni aldash holatlari ko‘p kuzatilmoqda. “Bilayn” shahobchalarni monitoringini o‘tkazmoqda, biroq abonentlarning o‘zlari ham tranzaksiyalarni amalga oshirishda e’tiborliroq bo‘lishlari lozim. Cheklarni saqlashni, shuningdek butun mamlakat bo‘ylab “Bilayn”ning o‘z ofislarida sotilayotgan ekspress-to‘lov kartalaridan foydalanishni tavsiya qilamiz”.

Yuqorida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari, 17-18 iyul kunlari ba’zi dilerlik shahobchalarida raqamlarga ulanish paytida qo‘imcha mablag‘lar olish holatlari bo‘lgan.

“Yangi abonentlarni ro‘yxatga olish qoidalari o‘zgarmagan, – qayd qildi Oraz Abdurazakov. – SIM-kartaga ulanish, agarda so‘z “oltin” raqamlar haqida ketayotgan bo‘lmasa, ilgaridagidek mutlaqo bepul. To‘liqligicha abonent balansiga tushuvchi hisobni birlamchi to‘ldirish summasi ham o‘zgarmadi”.

Kompaniya o‘z abonentlariga firibgarlik holatlari haqida aniq manzilni ko‘rsatgan holda pr@beeline.uz E-mailga yoki Facebook http://www.facebook.com/beeline.uz va «Odnoklassniki» http://www.odnoklassniki.ru/beeline.uz ijtimoiy tarmoqlaridagi korporativ sahifalarda xabar berishlarini so‘rab, murojaat etadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system