17 iyuldan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab “Bilayn” ofislari 22:00 ga qadar ishlaydi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tganligi haqida xabar beradi. 17 iyuldan boshlab kompaniyaning butun mamlakat bo‘ylab shaxsiy ofislari va eksklyuziv dilerlik salonlari 22:00 gacha va undan kechgacha ishlaydi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Bilayn” tarmog‘iga ulanishni istaganlarning soni o‘sishi munosabati bilan biz butun respublika bo‘ylab shaxsiy ofislarimizni “oxirgi mijozgacha” rejimiga o‘tkazmoqdamiz. “Bilayn” dilerlariga ham xuddi shu tavsiyalar berildi va biz odamlar aloqada qolishlari uchun bor kuchimizni ishga solmoqdamiz”.

“Bilayn”ning Markaziy ofisida savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi zalidan tashqari, binoga kirishda joylashgan peshtaxtalarda qo‘shimcha ulanish ishlari amalga oshirilmoqda.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system