Beeline Uzbekistan “Xorijiy to‘lov” xizmatining amal qilish hududini Qozog‘istonga kengaytirmoqda
10.07.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Xorijiy to‘lov” xizmatining amal qilish hududi kengayganligi haqida e’lon qiladi. Endilikda Unitel abonentlarining hisobini Qozog‘iston Respublikasi hududida ham M’Pay va “Astana Plat” to‘lov tizimlarining terminallari orqali to‘ldirish mumkin.

“Biz mijozlarimizga ham O‘zbekistonda, ham xorijda qulaylik yaratish uchun bor kuchimizni sarflamoqdamiz, – deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – O‘tgan oyda “Xorijiy to‘lov” hamkorlik tarmog‘ini Rossiyada kengaytirdik, endilikda mazkur servis Qozog‘istonda ham amal qiladi”.

Eslatib o‘tamiz, “Xorijiy to‘lov” Unitel abonentlariga Rossiya yoki Qozog‘istonda bo‘la turib, shaxsiy hisob hamda O‘zbekistondagi istalgan “Bilayn” abonentining hisobini to‘ldirish imkonini beradi. Bundan tashqari, Rossiya va Qozog‘istonda istiqomat qiluvchilar Unitel abonenti bo‘lgan do‘stlari yoki qarindoshlariga aloqa xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirishi mumkin. To‘lovlar Rossiya rubli yoki tengeda qabul qilinadi. Kovertatsiya kursi va qo‘shimcha komissiya haqidagi barcha axborot to‘lovchiga to‘lovni amalga oshirishda bank kassalari va to‘lov terminallari ekranlarida taqdim etiladi.

“Xorijiy to‘lov” xizmati faqatgina Rossiya yoki Qozog‘istonda bo‘lgan yoki istiqomat qiluvchi, aloqa yoki mobil Internet xizmatlariga to‘lamoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslarga amal qiladi. Mazkur xizmatdan faqatgina oldindan to‘lov tizimi tarif rejasidan foydalanuvchi Unitel abonentining balansini to‘ldirish uchun foydalanish mumkin.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq