Sony CL-A2LAS – qo‘lda boshqariluvchi quvvat moslamasi
09.07.2012
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Yoz fasli yaqinlashishi bilan insonlar qanday dam olishni rejalashtiradilar. Ba’zilar uchun shahar shovqinlaridan uzoqlarda, sokin joylarda dam olish eng qulay, qiziqarli hisoblanadi. Umuman olganda, hech kim zamonaviy taraqqiyotdan to‘la qochib qolishni istamaydi: xavfsizlik mazmunida kamida mobil telefonlarni va boshqa aloqa vositalarini o‘zimiz bilan olishga majburmiz. Yangi mahsulot aynan mana shunday vaziyatlarga mo‘ljallangan.

Sony kompaniyasining yangi CL-A2LAS zaryad olish qurilmasi elektr manbai bo‘lmagan joylarda turli qurilmalar quvvat olishi uchun birmuncha ishonchli va qulay moslama hisoblanadi. Yangi uskuna kichik generatorga ega, u kinetik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi. CL-A2LAS tutgichini uch daqiqa davomida aylantirib mobil telefonda taxminan bir daqiqa so‘zlashish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. Favqulotda holatlar uchun energiya zahirasiga ega bo‘lish maqsadida qurilma 4000 mA/soat. sig‘imli akkumulyator bilan ham ta’minlangan.

Zaryad olish qurilmasi ikkita USB portga ega, buning hisobiga unga ikki qurilmani ulash mumkin. Yangi mahsulotning narxi 100 dollarni tashkil etadi.

Manba: www.onegadget.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq