Sharp qog‘oz varag‘i qalinligidagi displeyni qaqdim etdi

Sharp kompaniyasi ishlab chiqarilishida IGZO kabi mashhur bo‘lgan (bu uning elementlarini tashkil etuvchi — lotin tilidagi nomlari qisqartmalaridan olingan: indiy, galliy, rux, kislorod) yangi texnologiya qo‘llanilgan LCD va OLED displeylarini taqdim etdi.

IGZO-oksidli yarimo‘tkazgichlardan foydalanish Sharp kompaniyasiga ilgariga qaraganda ancha katta zichlikdagi va kichik qalinlikdagi LCD-displeylarini yaratishga yordam berdi. Yangi ekranning qalinligi haqiqatda qog‘oz varag‘i qalinligi bilan teng, shu bilan birga, u kam elektr quvvati sarflaydi, AQUOS televizorlari seriyalarida foydalaniladigan firmaning tasvirni tekislash UV2A*3 texnologiyasi bilan birgalikda esa, displeylar tasvir yanada yuqori sifatini namoyish etadi.

Sharp kompaniyasi IGZO LCD displeylari birinchi namunalari diagonali 4,9 dyuymni, zichligi 720 x 1280 pikselni va 2560 x 1600 piksel zichligi bilan 6.1 dyuymni tashkil etadi.

Ular bilan birgalikda boshqa ishlanmalar ham namoyish etildi, ular qatorida 540 x 960 piksel zichligiga ega (bir fotoga yuqori) 3,4 dyuymli egiluvchan ekran va 3840 x 2160 (QFHD) zichlikka ega 13,5 dyuymli oq organik svetodiodlar asosida oq rangli RGB filtrlarga ega OLED-panel mavjud edi.

Manba: www.engadget.com

Orphus system