Opera 12 brauzeri versiyasi taqdim etildi
09.07.2012
Rukn: Internet.
Muallif: .

Opera Softwareveb-brauzeri yangi — Opera 12 versiyasi chiqarilishini e’lon qildi, aprel oyi oxirlarida uning ochiq beta-test sinovlari boshlandi. Dasturning yangi versiyasida bir necha yangiliklar kiritilgan. Yangi yaxshilangan mavzularni ta’minlash, shaxsiy kompyuter veb-kamerasidan foydalanish bilan veb-ilovalardan foydalanishni ta’minlash, o‘ngdan chapga yozish, yangi vkladkalar bilan kengaytirilgan aloqalar o‘rnatish, vkladkalar guruhlarini yaratish va oynalarni boshqarishga imkon beruvchi dasturlashtirish (API) yangi veb-standartlari hamda yangi interfeyslari bilan ishlashni ta’minlaydi.

Apparatli tezlashtirish WebGL tajriba dasturi qo‘shimcha qilingan. Opera 12 qo‘shimcha quvvat olish uchun kompyuter grafik kartasidan foydalanishi mumkin.

Mana shunday tezlashtirish veb-ilovalar va ko‘p sonli grafik operatsiyalardan iborat o‘yinlar ilovalarining yaxshi ishlashini ta’minlaydi.

Xavfsizlik darajasi ko‘rsatkichi belgisi axborot imkoniyatlari oshirilgan, bu esa foydalanuvchi kirgan veb-sahifalar xavfsizligi siyosatini yaxshiroq tushunishni ta’minlaydi. Ko‘rsatkich belgisi sayt joylashgan joyi haqida axborotdan foydalanayotganligini va veb-kameradan foydalanishni so‘rayotganligini ko‘rsatadi.

Opera 12 da plaginlar alohida jarayonlarda ishlaydi, shuning uchun uzilishlar holatlarida brauzer ishlash qobiliyatini yo‘qotmaydi. Brauzer avvalgi versiyasiga nisbatan katta tezlikka ega — sahifalarni yuklash, brauzerni va HTML5 renderingni ishga tushirish tezlashtirildi. Windows va Mac da 64-bitli arxitektura ishini ta’minlash zamonaviy kompyuterlarda mahsuldorlikni yaxshilashga imkon berdi.

Yangi lokalizatsiyalar: Arab, Fors, Ivrit, Urdu va Qozoq tillari qo‘shildi. Endi Opera 60 tilda chiqariladi.

Biroq mazkur ish yo‘qotishlarsiz bo‘lmadi. Yangi versiyasida Opera Unite, vidjetlar va ovozli boshqaruv funksiyalari ta’minoti mavjud emas. Yangi universal platformaga o‘tish oqibatida Opera Unite va vidjetlardan voz kechishga, ovozli boshqaruvdan esa kerakli kutubxonadan tashqi yetkazib beruvchi tomonidan ta’minlanmasligi oqibatida voz kechishga to‘g‘ri keldi. Quyidagi ilova bo‘yicha Windows, Mac va Linux uchun Opera 12 ni yuklab olish mumkin.

Manba: http://www.opera.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq