Nano-SIM formati standartlashtirildi

Yevropa telekommunikatsiya standartlari instituti SIM-kartalar uchun yangi standartlashtirilgan formati haqida xabar qildi. Nano-SIM hozirgi eng kichik micro-SIM formatidagi kartalardan 40 foizga kichik bo‘ladi.

Nano-SIM-kartaning uzunligi 12,3 millimetrni, kengligi — 8,8 millimetrni tashkil etadi, qalinligi esa 0,67 millimetrga teng bo‘ladi. Motorola, Nokia, RIM va Apple kompaniyalari bir-birlaridan alohida mustaqil ravishda, standartni ishlab chiqish bilan shug‘ullandilar, ammo aynan Apple varianti afzal deb tanlab olindi.

Nano-SIM-kartasi mavjud formatlar kartalari kabi vazifalarni bajaradi. Bundan tashqari, ular boshqa formatlar bilan ham qayta moslikka ega. Nano-SIM — bu SIM-kartalar to‘rtinchi form-faktori hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, 25-milliarddan ortiq SIM-kartalar ishlab chiqarilgan va har yili 4,5 milliardga yaqini ishlab chiqarilmoqda.

Manba: www.onegadget.ru

Orphus system