Jahondagi har bir beshinchi televizor «aqllilashdi»
09.07.2012
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Jahon bozorida taqdim etilayotgan «aqlli» televizorlar ulushi 2012-yilning I choragida 20 foizni tashkil etdi. Analitiklar bunday qurilmalar qatoriga nafaqat internetga, balki lokal operator servislariga ulanish imkoniyatini beruvchi televizorlarni kiritdilar.

2012-yilning I choragida jahon bozorida taqdim etilayotgan har beshinchi televizor, Smart TV («aqlli televideniya») funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda NPD DisplaySearch tadqiqotlar kompaniyasi hisobotida ma’lumotlar berilgan.

«Aqlli televizor» ko‘proq Yaponiyada tarqalgan, u yerda yilning I choragida barcha yetkazib berilgan mahsulotning 36 foizini, Xitoyda — 30% — va G‘arbiy Yevropada — 29% (jahonda umumiy olganda, 20 foizga nisbatan) tashkil etdi.

«Aqlli» televizorlar eng katta bozori — Xitoy hisoblanadi. 2012-yil birinchi choragi yakuni bo‘yicha xitoy bozoriga 3 mln. mana shunday qurilmalar yetkazib berildi. Ikkinchi o‘rinni G‘arbiy Yevropa — 2,1 mln. qurilmalar, uchinchi — Shimoliy Amerika (1,4 mln televizorlar) egalladi.

Ko‘rib chiqilayotgan uch oylik davr mobaynida (mahsulot yetkazib berish hajmi tartibida) Sony, Skyworth, Philips, Sharp va boshqa kompaniyalar «aqlli» televizorlar yetkazib beruvchi yetakchi o‘rinlarda bo‘ldilar. Ular mahalliy bozorda ehtiyoj yuqori bo‘lganligi sababli: Sony va Sharp yaponiya kompaniyalari, Skyworth — xitoy, Philips esa — Yevropa kompaniyasi yuqori natijalarga erishdilar.

Analitiklar faqatgina ommaviy (YouTube ga o‘xshash) resurslar emas, balki lokal operatorlar resurslaridan foydalanish imkonini beruvchi modellarni: AQShda Hulu, BBC iPlayer Buyuk Britaniyada, AcTVila Yaponiyada hamda boshqalarni «aqlli» televizorlarga kiritdilar.

Tadqiqotchilar ushbu guruhni ikki toifaga ajratdilar: fuksionalligi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadigan va cheklanadigan qurilma va foydalanuvchiga istalgan internet-servislardan foydalanish imkonini beruvchi qurilmalar. Ushbu kategoriya modellari odatda kiritilgan veb-brauzeriga ega bo‘ladilar.

Analitiklar 2012-yil birinchi choragida internetga ulanish funksiyasiga ega televizorlarning jahon bozoriga yetkazib berilgan hajmini ham aniqladilar. Ushbu turdagi qurilmalarning hajmi «aqlli» televizorlar hajmiga qaraganda — 27 foizga ortiq bo‘lib chiqdi. Savdo hajmlari eng yuqori darajalariga — Yaponiya, G‘arbiy Yevropa hamda Xitoyda erishildi.

Manba: www.cnews.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq