Farg‘onada UCG Beeline 2012 saralash turnirlari bo‘lib o‘tdi
09.07.2012
Rukn: Kompyuter o‘yinlari, Mobil aloqa.
Muallif: .

7 iyul kuni Farg‘onadagi Sytex klubida UCG Beeline 2012 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining Counter Strike 1.6 va FIFA 2011 o‘yinlari bo‘yicha hududiy saralash turnirlari bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona vodiysidan bo‘lgan geymerlar ishtirok etishdi.

FIFA 2011 o‘yini bo‘yicha turnirda 24 ta geymer ro‘yxatdan o‘tdi.

Uchinchi o‘rinni Qodirov Otabek egalladi.

8 iyul kuni “Toj Mahal” majmuasining katta zalida Farg‘ona hududiy finalida birinchi va ikkinchi o‘rinlar uchun quyidagilar kurashadilar:

Rustamov Abror va Ataev Maqsad.

Counter Strike 1.6 o‘yini bo‘yicha turnirda 14 ta jamoa ishtirok etdi. Bunda Andijondan ikkita jamoa, Namangandan – bitta, qolgan jamoalar esa Farg‘ona va viloyatdan keldilar.

Uchinchi o‘rinni Inoqov Jahongir, Zaporojes Dmitriy, Inoqov Saidmurod, Saidahmatov Saidahror, Saidov A’lo tarkibidagi a.pro (Andijon) jamoasi egalladi.

8 iyul kuni Farg‘ona hududiy finalida birinchi va ikkinchi o‘rinlar uchun quyidagilar kurash olib boradilar:

Ijonjanov Sardor, Alimov Sherzod, Tojiboev Aziz, Hamidov Mashhur va Abdurahmonov Mashhur tarkibidagi MIUZ jamoasi (Andijon) va

Pak Kirill, Pak Andrey, Nazarov Abduvosid, Nuritdinov Zikirillo, Ismailjonov Bobur tarkibidagi Beyond (Farg‘ona) jamoasi.

Aytgancha, hududiy finalda to‘rtinchi o‘rinni Yuldashev Tursunboy, Saidjabbarov Saeod, Egamberdiev Agubxon, Azimov Boburjon, Kosimov Zoyir tarkibidagi Namanganning JUSTFIRE jamoasi egalladi.

8 iyul kuni “Toj Mahal” majmuasining katta zalida hududiy final bo‘lib o‘tadi, unda milliy finalga yo‘llanma olgan g‘oliblar aniqlanadi.

Chempionatning bosh homiysi – “Bilayn” hududiy saralash turnirlari uchun sovg‘alarni ta’sis qildi.

Eslatib o‘tamiz, chempionatda ishtirok etish mutlaqo bepul. O‘zbekistonning har bir fuqarosi chempionatda ishtirok etish uchun mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Hududiy saralash turnirlarining o‘tkazilish manzili, sanasi, shuningdek ro‘yxatdan o‘tish tartibi bu yerda e’lon qilingan.

Qarshi, Nukus va Toshkentda hududiy saralash turnirlarini ro‘yxatga olish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, chempionat tashkilotchilari Fond Forum, “Kelajak ovozi” YOTM, infoCOM.UZ jurnali bo‘ldi.

O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi davlat ko‘magini ko‘rsatmoqda. Bosh homiy – “Bilayn”.

Counter Strike 1.6 o‘yini bo‘yicha jamoalarni qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlashni chempionatning hakami Stepan Suchkov o‘tkazmoqda.

Farg‘ona hududiy saralash turnirining Bosh hakami Rustam Akromov jurnalistlarga hakamlik qay tarzda o‘tishini gapirib bermoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq